So’nggi yangiliklar

09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  1 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  6 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  8 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  32 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  2 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4

Alisher Azizov: “O'tgan yil “Qizilqum”ni mag'lub etgandik, bu safar ham shunga intilamiz” Yangiliklar

Alisher Azizov: “O'tgan yil “Qizilqum”ni mag'lub etgandik, bu safar ham shunga intilamiz”

Teglar :  Alisher AzizovObod
Bugun bo'ladigan "Obod" hamda "Qizilqum" jamoalari uchrashuviga qiziqish kuchli. Biz o'yin oldidan "Obod" klubining etakchi hujumchisi Alisher Azizovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Bugungi o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. CHunki orqaga yo'l yo'q. O'tgan turlarda jamoamiz o'zidan yomon taassurot qoldirmagan bo'lsa-da, natijalar biz o'ylagandek bo'lmadi. Futbolda esa natija birlamchi sanaladi. SHuning uchun bugungi o'yinda qanday qilib bo'lmasin "Qizilqum"ni mag'lub etishimiz kerak, - deydi hujumchi.

- Jamoa mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvlarida ancha sermahsul o'yin ko'rsatgan edi. Ammo milliy chempionatda hozircha raqiblar darvozasiga yo'l topa olgani yo'q. Buni qanday izohlaysiz?
- Avvalgi o'yinlarda jamoa himoyaga jiddiy etibor qaratgan holda natija uchun to'p tepdi. "Qizilqum"ga qarshi o'yinda yangicha taktikada harakat qilamiz va o'ylaymanki bugun jamoa o'zining noxush ananasiga barham beradi.

- "Obod" o'tgan yili kubok bahslarida navoiyliklardan ustun kelgandi...
- Bu safar ham raqibimizni engishga harakat qilamiz. Jamoamizda kayfiyat alo va shu ruhiyatni o'yindan keyin ham saqlab qolishga intilamiz.

- Jarohatingizdan forig' bo'lib ulgurdingizmi? Bugun asosiy tarkibda maydonga tushishingiz mumkinmi?
- Ha, jarohatdan qutildim. Maydonga tushish-tushmasligimni esa murabbiylar hal qilishadi.

"Obod" matbuot xizmati

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика