So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Alisher Abduvohidov: "To'purar bo'lmoqchiman" Yangiliklar

Alisher Abduvohidov: "To'purar bo'lmoqchiman"

"Farg'ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasidan o'rin olgan "Andijon-2" - "Neftchi-1" (0:0) uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar yarim himoyachisi Alisher Abduvoxidov saytimizga intervyu berdi.

- Alisher, bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?

- Bugungi bahs "derbi" maqomiga ega bo'lganligi tufayli shiddatli ruhda o'tdi. Har ikki jamoada ham golli vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, darvozalar daxlsiz qoldi. Yakuniy hisob 0:0, o'yin mana shunday durang natija bilan tugadi.

- "Farg'ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasi haqida...


Farg'onada har yili ananaviy tarzda "Hokim kubogi" musobaqasi o'tkazib kelinmoqda. Tashkilotchilarga, viloyat hokimligiga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Mazkur turnirda xorijiy davlatlar klublari ham ishtirok etayotganligi musobaqaning yanada nufuzi ortishiga xizmat qilmoqda.

- Ayni damda jami 4 ta gol bilan musobaqa to'purari bo'lib turibsiz. Yakunda to'purarlar poygasida g'oliblikni qo'lga kiritish niyatingiz bormi?


- Albatta har bir futbolchi to'purar bo'lishni istaydi. Men ham keyingi bahslarda gollarimi sonini ko'paytirib, jamoamiz g'alabasiga o'z hissamni qo'shmoqchiman. Ha, yashirmayman, yakunda to'purar bo'lish niyatim bor.

- "Neftchi" jamoasi mazkur turnirda o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?


- "Neftchi" har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib kelgan. "Hokim kubogi" musobaqasida ham astoydil harakat qilib, g'olib chiqmoqchimiz. Maqsadimiz bitta - musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritishdan iborat.



Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика