Ali Abdurahmonov Superligada debyut qildi
14 mar 2022 10:26
Yangiliklar
Ali Abdurahmonov Superligada debyut qildi
"Lokomotiv" futbol klubi so'nggi yillarda yosh futbolchilarga o'zlarini ko'rsatishi uchun katta yo'l ochib bermoqda.
"Temiryo'lchilar"ning yosh hujumchisi Ali Abdurahmonov o'tgan mavsum U-18 va U-21 jamoasi safida sermahsullik qayd etib, umumiy hisobda 19 ta gol bilan mavsumni yakunlagandi.
Coca Cola Superligasi 2-turi doirasida AGMKga qarshi o'yinda Ali Abdurahmonov 78-daqiqada zahiradan maydonga tushdi va professional futboldagi debyutini amalga oshirdi.
Malumot uchun, 2003 yilda tug'ilgan forvard Odil Ahmedov nomidagi futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar