Alen Xalilovich: "Gattuzo borini berib ishlaydi. SHunday murabbiy qo'l ostida ishlashdan xursandman"
31 iyu 2018 14:23
Yangiliklar
Alen Xalilovich: "Gattuzo borini berib ishlaydi. SHunday murabbiy qo'l ostida ishlashdan xursandman"
"Milan" yangi futbolchisi Alen Xalilovich mavsumoldi tayyorgarliklar haqida gapirib berdi.
"Hozir Amerikada ekanligimizdan xursandman. Havo juda issiq bo'lishiga qaramay, tinimsiz ishlayapmiz.
Gattuzo baxtli. U bizni qo'llab-quvvatlamoqda, ishga borini beryapti. Gattuzo qo'l ostida shug'ullanayotganimdan xursandman.
Navbatdagi bahs biz uchun eng muhimi. Tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt etarli" - deydi Xalilovich.
"Milan" 1 avgust kuni International Champions Cup-2018 turniri doirasida "Tottenxem"ga qarshi uchrashuv o'tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 05:30da boshlanadi.
Fikrlar