So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  0 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  9 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Aleksey Larin: "Maqsadim o'yinda ham, mashg'ulotda ham "Paxtakor"ga yordam berish" Yangiliklar

Aleksey Larin: "Maqsadim o'yinda ham, mashg'ulotda ham "Paxtakor"ga yordam berish"

"Paxtakor" kecha rasman ukrainalik himoyachi Aleksey Larin bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.

So'nggi uchta mavsumni Tojikistonning "Istiqlol" jamoasida o'tkazgan futbolchi kecha "Ufa" bilan o'rtoqlik o'yinida norasmiy debyutini nishonladi. Odatdagidek o'yindan so'ng uning yangi klubi borasidagi fikrlarini oldik. 


- "Istiqlol" va "Paxtakor" bu yil OCHL guruh bosqichida ishtirok etadi. SHunday ekan nima uchun O'zbekiston klubini tanladingiz?

- Avvalo O'zbekistonning tarixiy va nomdor, amaldagi chempion jamoasi safiga kelganimdan xursandman. Asosiy omil bu - OCHL. O'zimni yangi sarguzashtlarga tayyor, deb bilaman. Tojikistonda "Istiqlol" bilan sovrinlar yutdik. Mana shu ishni "Paxtakor" bilan ikki karra ko'proq amalga oshirishni niyat qilganman. Buning uchun bor kuchimni ishga solaman. Ikki mamlakat mentaliteti o'rtasida o'xshashliklar bor. Moslashishimga katta yordam beradi. 

- Superligamizda sobiq dushanbeliklar yana bittaga ko'paydi. Avvalroq Andrey Mishenko va Alisher Jalilov AGMK azosiga aylanishdi. Zoir Jo'raboev "Surxon" ko'rigida edi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Butun boshli "Istiqlol" ko'chib kelyapti (kuladi). Nima uchun? CHunki O'zbekiston chempionatining darajasi Tojikistonnikiga qaraganda kuchliroq. Futbolchi oldinga intilishi, o'sishi kerak. 

- Slavche Voyneski qanday murabbiy?

- U jamoada barcha bilan birdek gaplashadi. Til topishish oson ekan. Doim ko'tarinki kayfiyatda yuradi. 

- "Paxtakor" muxlislariga nima deya olasiz?

- O'yinda ham, mashg'ulotda ham jamoaga yordam berish maqsadim hisoblanadi. Bor kuchim bilan o'ynashga vada beraman.


Rasman: "Paxtakor" "Istiqlol"ning sobiq himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика