So’nggi yangiliklar

10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  2 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  12 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  8 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  5 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0

Aleksey Evstafeev: "Durang biz uchun g'alabaga teng" Yangiliklar

Aleksey Evstafeev: "Durang biz uchun g'alabaga teng"

Pro liganing 13-turi doirasida "Qo'qon-1912" jamoasi bilan durangdan keyin "Do'stlik" jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- O'yin biz uchun og'ir o'tdi. Raqib bizdan tajribaliroq va mahoratliroq edi. Bizda esa tarkibda muammolar ko'proq bo'lgandi. SHunga qaramay ular xarakter namoyish qilishdi, hisobni tenglashtirishdi va mag'lubiyatga uchrashmadi. Bugungi durang biz uchun g'alabaga teng bo'ldi.

- Stadion chimining holati halaqit qilyaptimi?

- Qaysidir joylarda ha, halaqit qilayotgandir. Umuman olganda biz mashg'ulot olib boradigan stadion ham bundan zo'r emas. CHim - barcha uchun bir xil, shunchaki o'ynash kerak.

- O'tgan safargi matbuot anjumanida darvozabon chizig'i "Do'stlik"dagi eng nozik nuqta degandim. Bu gapimni qaytarib olaman. Umuman olganda darvozabonlarning ushbu mavsumdagi o'yinlariga qanday baho berasiz?

- Bizda uch nafar darvozabonlar bor va ularni bir xil saviyada deyish mumkin. Mashg'ulotlarda ularning mahorati yaxshi ekanligini ko'ryapmiz. 

- Jamoaning asosiy darvozaboni kim?

- Bizda kim tayyor bo'lsa, o'sha maydonga tushadi. Jamoliddin Hikmatov so'nggi bir necha o'yinlarda maydonga tushmoqda. O'tgan safar tanqid qilgandingiz, bu safar maqtayapsizmi, demak, u ham o'sishga harakat qilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика