So’nggi yangiliklar

23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  3 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  5 21:21Криштиану нима сабабдан Жотанинг дафн маросимига бормаганини айтди  5 20:55"Goal" ЕЧЛ бош соврини учун асосий даъвогарлар рейтингини тузди  5 20:37Гари Невилл: "Улар қариётган бўлса-да, ҳозиргидан-да яхшироқ ўйнашлари керак"  3 20:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқ бўлди  2 19:56"Брюгге" клуби президенти: "Биргина "Барселона" футболчисининг нархи бутун жамоамизники билан тенг"  5 19:35Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон Озарбайжонга нақд 13 та гол урди!   6 19:17Суперлиганинг 27-тур учрашувларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  4 18:59Расман: Де Росси А Серия клубида иш бошлади  2 18:32Суарес дисквалификация қилинди  8 18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  7

Aleksey Estafeev - "SHo'rtan" bosh murabbiyi Yangiliklar

Aleksey Estafeev - "SHo'rtan" bosh murabbiyi

Bugun "SHo'rtan" futbol rahbariyati 2023 yilgi futbol mavsumida jamoamizni boshqarib boradigan murabbiylarni futbolchilar va klub xodimlariga tanishtirdi.

"Bo'rilar"ni 2023 yilgi futbol mavsumida 2011 yil Meksikada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida etarli darajada shov-shuvlarga sabab bo'lgan Aleksey Evstafeev boshqarib boradigan bo'ldi. Unga o'z vaqtida mohir hujumchi bo'lgan, o'tgan mavsumda Yaypanning "To'ron" jamoasida bosh murabbiy bo'lib faoliyat yuritgan Anvar Berdiev yordam beradi. Darvozabonlar murabbiyi sifatida SHerzod Kattaev ishlaydi. 

Bugunning o'zida jamoamiz bosh menejeri SHamil Yarulin jamoamizning yangi murabbiylar shtabini klub xodimlariga va futbolchilarga tanishtirdi va jamoa oldiga 2023 yildagi maqsad va vazifalarni belgilab berdi. 

Jamoa yangi murabbiylar shtabi bilan bugunning o'zidayoq mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi.

Aleksey Estafeevning murabbiylik faoliyati haqida qisqacha:

2001 yil Qibray futbol maktabi, 2002-2009 yillarda "Paxtakor" futbol maktabi, 2009-2011 yillarda O'zbekiston U15-U17 terma jamoalarida, 2011-2013 yillarda O'zbekiston U18-U20 jamoalarida assistent murabbiy lavozimida, 2013-2014 U18-U19 O'zbekiston terma jamoalarida bosh murabbiy, 2014-2016 yillarda Farg'onaning "Neftchi" jamoasida bosh murabbiy, 2017 yilda “Kuban” FK futbol maktabida, 2018-2020 yillarda “Baltika” akademiyasida, 2021-2022 “Otkrytie” futbol maktabida murabbiy lavozimida ishlagan. 

Anvar Berdievning murabbiylik faoliyati haqida qisqacha: 

2019 yil Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi bosh murabbiy yordamchisi, 2020 yil Buxoroning "Buxoro" jamoasi bosh murabbiy yordamchisi, 2021 yil Yaypanning "Turon" jamoasi bosh murabbiy yordamchisi, 2022 yil "Turon" jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

SHerzod Kattaevning murabbiylik faoliyati haqida qisqacha:

2012-2018 yillarda "Nasaf" futbol maktabida, 2018-2019 yillarda  Qashqadaryo viloyat futbol maktabida, 2020 yilda "SHo'rtan" futbol klubida, 2021-2022 yillarda Qirg'izistonning “Alay” jamoasida darvozabonlar murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика