So’nggi yangiliklar

14:53Меҳди Моҳиби: "Умид қиламанки, CAFA турниридаги ҳолат такрорланмайди"  0 14:36Вирц ёзда "Реал"га ўтадими?  1 14:08Парротт Ирландия терма жамоасининг ноёб ўйинчисига айланди  1 13:39U-19 чемпионати. "Машъал" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, 3-ўринни қўлга киритди  1 13:21Ўруновнинг клубдоши: "Эрон бошқа жамоа, ука"  15 12:54Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Эрон асосий таркибида йўқотиш  0 12:37Эксперт фикри. Санжар Турсунов: "Шу руҳда давом этсак Миср ҳам, бошқа рақиблар ҳам қўрқинчили бўлмайди"  3 12:10Самуэле Инасио: "Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати мен учун мундиал олдидан тажриба бўлди"  2 11:50Ўзбекистонлик ҳакамлар Бразилия – Франция учрашувида ишлайди  4 11:20МЮ Харри Магуайр бўйича якуний қарорга келди  4 10:42Исроиллик футболчи 99 йилга футболдан четлатилди  9 10:15"Реал"нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин   3 09:47Футзал. Бугун 5-тур баҳсларига старт берилади  0 09:20"Оила футболдан муҳимроқ." Адвокат оилавий сабабларга кўра ҳал қилувчи ўйин олдидан Кюрасао терма жамоасини тарк этди  1 08:55Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди  65

Aleksandr Xomyakov: "Yigitlar xarakter ko'rsata olishdi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Yigitlar xarakter ko'rsata olishdi"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida o'z fiklarini bildirib o'tdi.


"Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Barchasi juda ajoyib o'tdi. Stadiondagi muhit, muxlislar, yorqin futbol, umuman menda bularning barchasi yaxshi taasurot qoldirdi. Yigitlarga o'yin uchun raxmat aytaman, ular xarakter ko'rsata olishdi.

"Nasaf" kuchli jamoa, xalqaro maydon tajribasiga ega. Bugungi o'yinda har ikki jamoa ham mahoratli futbol ko'rsatib berishdi. Aytish joiz, bugun biz ham yaxshi o'ynadik, raqib jamoa ham.

Birinchi bo'limning dastlabki 15 daqiqasida mehmonlar yaxshi o'yin namoyish etishdi. Keyinroq biz ham o'z o'yinimizni topib oldik. "Nasaf"ning qarshi hujumi gol bilan yakunlandi, shundan so'ng yigitlar xarakter ko'rsatib, hisobni tenglashtirishdi. O'yinning oxirigacha intiriga saqlanib qoldi. Bugun jamoamiz darvozaboni ham golli vaziyatlarni bartaraf eta oldi, zarbalarni qaytardi.

Zgurskiy hali yosh futbolchi. SHunday bo'lsa ham uning maydonda bajaradigan katta ko'lamli vazifasi bor. Bugun u "Nasaf" himoyachilariga yaxshi bosim uyushtirdi. Tarkibimizda yosh futbolchilar bor, ular o'yinlar davomida tajriba to'plab borishadi. Umumiy aytadigan bo'lsam ko'rsatgan o'yinimizdan qoniqish hosil qildim.

Kubokda kuchli jamoalarga qarshi o'ynaymiz? Bu yaxshi albatta. Kuchli raqib bilan o'ynasak, tajribamiz ortadi va o'yin sifati yanada kuchayadi" - dedi andijonliklar ustozi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика