So’nggi yangiliklar

13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  0 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  0 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  2 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  3 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  3 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  7 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  7 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  1

Aleksandr Xomyakov: “To'p himoyachining qo'liga tekkandek ko'rindi, biroq hakamlar ishini men baholay olmayman” Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: “To'p himoyachining qo'liga tekkandek ko'rindi, biroq hakamlar ishini men baholay olmayman”

19-tur doirasida bo'lib o'tgan “Andijon” – “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi o'tkazilgan matbuot anjumaning ikkinchi qismida “Andijon” jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

Barchangiz guvohiga aylandingiz, g'alaba qozonish bu safar ham nasib etmadi. Katta bosim ostida harakat qildik. Bugun o'yinda shogirdlarimga etirozim yo'q. Ko'rsatmalarimni bajarishga harakat qilishdi. Lekin, boshqa tarafdan olib qaraganda, g'alabaga loyiq o'yin namoyish etmadik. Ro'zim Ahmedovning birga-bir vaziyatga chiqib borganini hisobga olmaganda, gol urish uchun aytarli imkoniyat yaratmadik. Penalti haqida? Bu haqda men hech narsa demayman. Hakamlar harakatlarini kuzatib boradigan qo'mita bor. Bugungi raqibni qanday kuchga ega ekanliklarini barcha ko'rdi. Bunday asabiy o'yinda himoyada bexato harakat qilganimizgina meni quvontirdi.



- Natijadan qoniqdingizmi?

- Albatta, yo'q! “Navbahor” bilan o'yinni eslang va bugungi o'yinni qarang, bir xil reja, bir xil kurashlar. Aytishadik-u, kim xato qilsa va kim raqibini xato qilishga majburlay olsa o'sha g'alaba qozonadi deb. Umuman olganda, himoyada bexato harakat qildik. Bugungi raqibimizda birorta ham golga tortadigan vaziyat bo'lmadi. Ammo, raqibni xato qilishga majburlay olmadik. Men boshqacha yakun kutgandim. CHunki, biz o'yinga shunday tayyorgarlik ko'rgandik. Afsuski, biz aytgan reja amalga oshmadi.

- Bugungi hakamlarning harakatlariga qanday baho berasiz?

- Mening vazifam hakamlar harakatlarini baholash emas. Ularning o'zlarini qo'mitasi bor. Lekin, fikrimcha o'sha vaziyatda to'p himoyachining qo'liga tekkandek ko'rindi.

"Andijon" futbol klubi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика