So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Aleksandr Xomyakov: "Futbolda ishonch va xohish ko'p narsani hal qiladi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Futbolda ishonch va xohish ko'p narsani hal qiladi"

O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Lochin" - "Andijon" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- G'alaba bilan "Lochin" jamoasini tabriklayman. Ular ajoyib o'yin o'tkazishdi, olqishga arziydi. Keyingi o'yinlarda omad tilayman.

- "Andijon" amaldagi kubok sohibi. Jamoa guruh bosqichidayoq musobaqani tark etishiga fikringiz qanday?

- Natijalarni kuzatamiz. Biz uchun bu yilgi kubok uchrashuvlari og'ir o'tdi. Futbolda hohish va ishonch bo'lmasa, g'alabaga erishish qiyin. G'alaba uchun harakat qildik, lekin o'xshamadi. 

- O'zbekiston kubogi deyarli boy berildi. Superligada ham natijalarni juda yaxshi deb bo'lmaydi. Buyog'iga qanday maqsadlar bor?

- Bu muammo, biz tushunib turamiz. Chempionatda oxirigacha kurashamiz, muvaffaqiyatli natijalar uchun harakat qilamiz. Xalqaro maydonda ham o'yinlarimiz bor, biz hali kurashdan chiqib ketmadik. Futbolda hohish ko'p narsani hal qiladi. Ishtiyoq, hohish jamoalarning qaysi ligada o'ynayotganini ahamiyatsiz holatga keltirib qo'yadi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика