Aleksandr Xomyakov: "Etakchilarni saqlab, ularning atrofida yoshlarni jamlaymiz"
24 dek 2014 20:41
Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Etakchilarni saqlab, ularning atrofida yoshlarni jamlaymiz"
"Mashal" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov birinchi yig'in va dastlabki nazorat uchrashuvi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
Jamoamizni bir qator futbolchilar tark etdi. Hozirda biz asosan o'z akademiyamiz tarbiyalanuvchilari, shuningdek, o'tgan mavsumda yoshlar ligasi va birinchi ligadagi jamoamizda o'ynagan futbolchilarga tayangan holda mashg'ulotlarni amalga oshirmoqdamiz. Yangierdagi bazada o'tkazayotgan yig'inlarga futbolchilar jiddiy qarashmoqda.
Yakunlangan 2014 yilgi mavsum biz uchun omadli keldi, deya olaman. Jamoamiz beshinchi o'rinni egalladi. To'g'ri, tajriba borasida bizda hali muammolar bor. Biz asosiy tarkibning etakchi futbolchilarini klubda qoldirgan holda ular atrofida yoshlarni jamlayapmiz. Kelgusi mavsumda ham biz 2014 yilgidan ko'ra yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz.

Fikrlar