So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Aleksandr Xomyakov: "Bunday shiddatli o'yinlarda biroz vaqt cho'zish normal holat" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bunday shiddatli o'yinlarda biroz vaqt cho'zish normal holat"

Coca Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- O'zingiz guvohi bo'lganingizdek, ancha jiddiy o'yin bo'ldi. Bugungi uchrashuv turnir javdaliga katta tasir o'tkazardi. Derbi bo'lgani uchun ham bosim yuqori edi. O'yinga keladigan bo'lsak, "Neftchi" ko'p vaziyat yaratdi. Lekin biz yaxshi himoyalana oldik. Birinchi bo'limda maydon markazini to'liq raqibga berib qo'ygan edik, shu sababdan ancha qiynaldik. Nima bo'lganda ham bugun bir ochko qo'lga kiritdik.

- Toirovning birinchi bo'limdagi vaziyati va o'yin davomida vaqtni ataylab cho'zilishi haqida fikringiz...

- Biz maydon o'rtasida juda sust o'ynadik, shu sababdan ko'p xatoga yo'l qo'ydik. O'yinni o'zingiz tomosha qildingiz. Bunday yuqori tezlikda o'tadigan bahslarda biroz vaqt cho'zish normal holat. Bunday o'yinlarda hamma usullar foydali. Raqib bizni ancha qiynadi, shu sabab ikkinchi bo'lim o'rtasida uch markaziy himoyachi bilan o'ynashni boshladik. Darvozabonimiz ham bugun bizni qutqardi.

- Sardor Azimov so'nggi o'yinlarda juda emocional bo'lib qolgan. Unda qandaydir psixologik muammo bormi?

- Bunday o'yinlar emociyaga boy bo'ladi. Ammo professional futbolchi har doim emociyalarini jilovlay olishi kerak. Uning bugungi hulqi yarashmadi. U yaqindagina qizil kartochka olgan edi, shu sababdan bugun o'zini yaxshiroq tomonlama ko'rsatmoqchi edi.

- "Andijon" jamoasi o'z uslubini mavsum oxiriga qadar o'zgartirmaydimi? Keyingi uchrashuvlarda darvozabon klubni qutqarolmay qolishi mumkin, chempionat so'ngida esa har bir jamoa borini berib o'ynaydi...

- Biz hozir hujumda muammoga duch kelmoqdamiz, buni yashirmayman. Biroq "Neftchi" jamoasi uch o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Bu degani, raqiblar "Neftchi" jamoasiga qarshi ancha zich himoyalanishmoqda. OKMK besh nafar himoyachi bilan o'ynadi. Mavsum so'ngi deyapsiz, lekin hozir ham jamoalar natija uchun o'ynamoqda. Hozirgi kunda ko'proq natija muhim bo'lib qoldi. Ikkinchi davrada "Neftchi" jamoasi pozicion hujumini ancha yaxshilab olibdi. Bugun ularga qarshi himoyalanish oson bo'lmadi.

- Oxirgi daqiqalarda himoyachilar to'pga ega chiqishi bilan darhol uni tepib yubordi. Bu sizning ko'rsatmangizmidi?

- O'zingiz ko'rdingiz-ku, o'yin shunga majbur qildi. Biz o'zimiz darvozaga yaqin himoyalandik va bu xato edi. Darvozaga yaqin o'ynash to'g'ri qaror emas, biroq raqib tempini pasaytirishimiz lozim edi. Biz so'nggi daqiqalarda hisobni saqlab qolish uchun o'ynadik.

- "Andijon" jamoasi joriy mavsum o'zidan kuchliroq raqiblardan ko'p ochko tortib oldi. Ushbu natijalardan so'ng jamoangiz TOP oltilik uchun kurashadimi yoki hozirgi natijalar ham qoniqarlimi?

- Har bir jamoa eng yaxshi natijani qayd etishni maqsad qiladi va biz ham bundan mustasno emasmiz. O'yinga baho bersak, men ham doim ham namoyish etayotgan o'yinimizdan qoniqmayman. Ko'proq hujumga o'tishni istar edim, ammo shunday o'ynashga majbur bo'lyapmiz. Biz ko'p narsa istaymiz, lekin barcha rejalarimizni amalga oshirish imkonsiz. Men jamoamning kuchli taraflariga tayanib o'yin tuzaman. Biz himoyada yaxshi o'ynayapmizmi, ushbu uslubda qolishimiz va ochkolar to'plashimiz muhimroq.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика