So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Aleksandr Xomyakov: "Bugun jangvor durang bo'ldi deb hisoblayman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bugun jangvor durang bo'ldi deb hisoblayman"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Andijondagi mavsumning ilk o'yini va katta futbol chempionatining ochilishi bilan barchani tabriklayman. G'alaba qozonishni hohladik. Yomon o'yin bo'lmadi, muxlislar juda yorqin atmosfera tashkil qilib berishdi. Raqib juda kuchli va qiziqarli jamoa edi. Xavfli hujumlari bor. Bugun jangovor durang bo'ldi deb hisoblayman.



- Birinchi turda ham jamoa ikkinchi bo'limda sustkashlikka yo'l qo'ygandi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Ehtimol shunday bo'layotgandir. Bizda rejalar bunday emas. Gol urib olganimizdan so'ng bir oz xotirjamlikka berildik. Raqib kuchli edi, shundan kelib chiqib, himoyada tartibli o'ynashga harakat qildik. Kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Ikkinchi bo'limlarimizda ruhiyat bilan bog'liq muammolar bo'lishi mumkin.

- Jamoa tarkibiga yangi qo'shilgan futbolchilardan ko'nglingiz to'layapti?

- Qoniqayapmanmi, yoki yo'q, buni o'yinlar davomida ko'ramiz. Tarkibga loyiq deb hisoblangan futbolchilar olib kelingan. Yangi futbolchilarimiz bor, vaqt kerak. Darajalari yomon emas.

- Zaxiradan qo'shilganlar o'yinni qanchalik kuchaytira oldi?

- O'yin amaliyoti barchaga kerak. Mavsum endigina boshlandi, darhol xulosa chiqarish to'g'ri emas. Futbolchilariimizga ishonaman, etirozlarim yo'q.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика