So’nggi yangiliklar

00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:58А Серия. "Кальяри" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  5 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:52Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  4 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  1

Aleksandr Xomyakov: "Bu o'yinda birinchi raqam bo'lib maydonda harakat qildik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bu o'yinda birinchi raqam bo'lib maydonda harakat qildik"

“Andijon” – “Muras Yunayted” (2:2) jamoalari ishtirokidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-  Aleksandr Andreevich, uchrashuv borasida nima deya olasiz?

-  Dastlab Qirg'iziston jamoasiga minnatdorchiligimni bildirib o'taman. Vaqt o'tib Andijonga kelishgani uchun rahmat aytmoqchiman. CHempionatimizda biroz tanaffus bo'lgani bois biz ushbu uchrashuvni kutib turgandik. O'yin menga har tomonlama maqul keldi. O'rtoqlik uchrashuvi bo'lishiga qaramasdan bizni qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun muxlislarimizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Doim ham bunday klublar bilan o'yin bo'lavermaydi. SHu sababli Qirg'iziston jamoasi bilan yaxshi o'yin tashkil qildik, deb o'ylayman. O'yin va durang natija meni qoniqtirdi. Bazi uchrashuvlarimizda ikkinchi raqam ostida o'ynadik. Lekin bu o'yinda birinchi raqam bo'lib maydonda harakat qildik. SHunday ekan, “Muras Yunayted” jamoasiga bu erga kelib biz bilan o'ynaganligi uchun tashakkur aytaman. 

-  Raqib jamoaning o'yinchilari haqida fikringiz qanaqa?

-  Tajribali o'yinchilari borligi va kuchli jamoa ekanligi ko'rinib turibdi. Tarkibda yoshi katta, mahoratli futbolchilar borligini ko'rish mumkin. Alohida ajratib ko'rsatmayman, ammo birinchi uchrashuvda ham 10-raqamli futbolchisining yaxshi harakat qilganini ko'rgandim. Umumiy manoda aytganda, jangovar jamoaligini ko'rish mumkin.

-  Bugungi o'yinga oid bo'lmagan boshqa savolim bor. Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon” jamoasida ovqatlanish bilan bog'liq muammolar borligi haqida aytilyapti. Bunga munosabatingiz qanday?

-  Axir “sariq matbuot”ni kamroq o'qinglar. Qanday javob berishni ham bilmay qolyapman. Nahotki, bizda shunday muammolar bor deb o'ylasangiz?! Nahotki, bizda shunday muammolar bo'lishi mumkin?! Bu kabi muammolar bo'lishi mumkin emas! Albatta, bu kulguli va xato malumotlar. Bunday xabarlarni yolg'on deb takidlab o'taman. SHuning uchun “sariq matbuot”ni o'qimasligingizni va bu kabi xabarlarga ishonmasligingizni so'rab qolaman. Kelinglar, ko'ringlar, iloji bo'lsa birga ovqatlanamiz. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика