So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Aleksandr Xomyakov: "Bu g'alaba muxlislarimizniki" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bu g'alaba muxlislarimizniki"

"Mashal" - "Neftchi" (2:1) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Mana to'rt oydan so'ng o'z maydonimizda g'alaba qozondik.  Juda ham og'ir uchrashuvni muvaffaqiyatli yakunladik.  Bizni jamoani chin dildan ardoqlovchi muxlislarimiz bor.  Bu g'alaba faqat ularniki.  Biz uchun bugun orqaga yo'l yo'q edi.  O'yin yaxshi qovishmagan bo'lsa ham,  g'alaba qozondik.  Natija uchun o'ynadik.  Barcha futbolchi yaxshi o'ynadi.  Futbolchiilarimiz oxirigacha chidab berdi.  Doimdek birinchi bo'lib gol qo'yib yubordik.  SHunga qaramayda g'alaba qozonishni uddaladik.  Birinchi bo'lim oxirida kiritgan golimiz juda katta yordam berdi.  Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan urilgan gol esa bizga juda katta ishonch bag'ishladi" ,  - deydi Aleksandr Xomyakov.

"Humoyun Murtozaev yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.  6 ta gol urdi va o'yinidan rohat olmoqda.  Yangi qirralar ochilmoqda.  Zohir esa jarohatdan so'ng endi o'z sport formasiga qaytmoqda.  Hech bir hujumchi golsiz seriyadan xursand bo'lmaydi.  SHerzod Fayziev borasida aytdigan bo'lsam bizda umuman asosiy tarkib yoki zaxira degan jamoa bo'lmaydi.  Hozir u maydonga tusha olmayapdi.  Men unga ishonaman va u hali o'z so'zini aytadi.  Hamma futbolchini maydonga tushish va isbotlash vaqti bo'ladi.  Abbos SHodmonov va Mirzohid G'ofuroni zaxiraga olishimni ularni o'zlari so'radi.  Har ikkisi juda ko'p yuklamalar olgan edi.  To'rt kun oldin bo'lgan uchrashuvda ham to'liq o'ynagan va hali tiklanib ola olmadi.  SHu sababga ko'ra ham zaxiraga oldim.  Komilov ham jarohatdan qaytdi.  Agar bugun xato qilgan bo'lsa buni qaytadan ko'rganda albatta o'zi ham tushinib oladi.  Birinchi davrada shusiz ham bir himoyachimiz safga qaytsa,  ikkinchisi safdan chiqib turar edi.  Hozir tanlash imkoniyat borligi bu yaxshidir".

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика