So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  4 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  16 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Aleksandr Xomyakov: "Bahs nazorati bizning qo'limizda edi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bahs nazorati bizning qo'limizda edi"

Coca Cola Superligasi 22-turi doirasidagi "So'g'diyona" - "Andijon" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida qatnashdi.

Aleksandr Xomyakov: "G'alabadan xursandman. Baxs oxiri asabiy o'tdi. O'yinimiz chiqdi. Birinchi bo'limning bazi vaziyatlarida nazorat biz tomonda ekanligini his qilgandik va bo'shashdik, shu sababli gol o'tkazib yubordik.

Ikkinchi bo'limda faolroq harakat qilishga to'g'ri keldi. Birinchi bo'limda hammasi ishladi, faqat gol ura olmadik. Ikkinchisida yanada aktivroq bo'ldik va gol urishga muvaffaq bo'ldik. Maydonda raqib bir kishi kam bo'lib qolganida xotirjamlik bilan g'alaba qozonishimiz kerak edi, ammo biroz shoshdik. Darvozabonimizga rahmat aytaman, u bizni qutqarib qoldi. Umuman olganda, yigitlarga minnatdorchilik bildiraman, muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman".

- "Andijon" ko'p vaziyatlarda to'pni yo'qotib qo'ydi, bu nima bilan bog'liq?

- Bahsni yaxshi boshlay olmadik, gapingizga qo'shilaman, oddiy vaziyatlarda to'pni oldirib qo'ydik. Raqib asosan tezkor qarshi hujumlar bilan xavf soldi. Ular shu uslubni yaxshi ko'rishadi. SHundan havotir oldim. Bahs nazorati bizning qo'limizda edi.

- Hakamga etirozlaringiz bormi? CHunki u texnik zonadagilarga sariq kartochka ko'rsatdi

- Etiroz yo'q. SHunchaki hissiyotlarni nazorat qila olmadik.

- O'zgarishlarni his qilasizmi. Sohibjonov zaxiradan maydonga tushib, gol urishga muvaffaq bo'ldi.

- Bunga javob berganman. Bu intuitiv ravishda sodir bo'lsa kerak. Komilov penalti ishladi, Sohibjonov gol urdi. Barcha yigitlar maydonga tushishga tayyor. Ulardan minnatdorman.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика