Aleksandr Xomyakov: "Argentinadan futbolchi kelishi? Mish-mishlarni muhokama qilmayman. Faqat..."
03 fev 2023 17:50
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Argentinadan futbolchi kelishi? Mish-mishlarni muhokama qilmayman. Faqat..."
"Bunday raqibga qarshi ochiq futbol o'ynash rejasini qo'lladik. O'yinni asosiy daqiqasida biz nazorat qildik, deb o'ylayman. To'g'ri, katta hisob qayd etildi. Umuman olganda, yomon ko'rinmadik. Raqiblar biz foydalana olmagan vaziyatlardan foydalanib ketdi. Darajasi baland raqiblar bilan o'yinlarda faqat tajriba olamiz. Kuchli jamoalar bilan qancha ko'p o'ynasak, shuncha yaxshi. Munosib raqib, yaxshi o'yin. Ko'nglim to'ldi", – deydi Aleksandr Xomyakov.

- Legionerlar haqida...
- Tarkibda 2 nafar gruziyalik, 1 nafar ukrainalik legioner bo'lib turibdi. Legioner darvozabonimizning biroz tobi yo'q. Futbolchilar yaxshi saralangan, faqat funkcional holatni to'g'rilash kerak. Buning iloji bor. Ularda katta tajriba bor, yaxshi jamoalarda o'ynashgan.
- Argentinadan futbolchi kelishi haqida turli gap-so'zlar bor...
- Mish-mishlarni muhokama qilmayman. Faqat faktlarga qarayman. SHu bois izohsiz qoldiraman. Faqat SHahboz Erkinov bilan birga o'ynaydigan hujumchiga ehtijimiz bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar