So’nggi yangiliklar

08:53Нойер ПСЖ билан ўйинда Дембеле ва Барколадан кўпроқ алдамчи ҳаракат амалга оширди  0 08:26Коло-Муани "Арсенал"га кўчиб ўтиши мумкин  0 08:04Кариус келажаги ҳақида: "Мен фаолиятимни якунламадим, футбол ўйнашни истайман"  1 07:33Пети Мбаппенинг ўйинидаги пасайиш сабабини айтди  3 03:10Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" Аморим қўл остидаги илк ғалабасини қайд этди, куннинг марказий ўйинида дуранг  7 03:00Конференциялар лигаси. "Бетис" мағлуб бўлди, "Фиорентина" ғалаба қозонди ва бошқа натижалар  0 02:28"Реал" автобуси йўл-транспорт ҳодисасига учради  1 01:45"Милан" футболчиси билан шартномани узайтирди  0 01:23Родри "Реал" ҳақида: "Мардонавор мағлуб бўлишни ҳам билиш керак"  13 00:55Конференциялар лигаси. "Челси"да ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:45Европа лигаси. Турк клублари учун ғалабасиз тун, "Лион"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:40"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га қарши ўйинда жароҳатланди  1 23:19Рио Фердинанд Европанинг айни дамдаги энг кучли жамоасини айтди  3 22:50"Барселона"нинг икки футболчиси сафга қайтди  4 22:24Конференциялар лигаси. "Астана" сўнгги дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  0

Aleksandr Stoymirovich: "Biz to'g'ri yo'ldamiz. Hech nimani o'zgartirmaymiz" Yangiliklar

Aleksandr Stoymirovich: "Biz to'g'ri yo'ldamiz. Hech nimani o'zgartirmaymiz"

Superliganing 5-turi doirasida "Andijon"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" katta murabbiyi Aleksandr Stoymirovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- "Andijon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ular 2 yildan buyon birga va jangovar o'yin ko'rsatishmoqda. Bugun futbolga o'xshamagan o'yin ko'rdik, shunday o'yinlar ham bo'lib turadi. Beshinchi turga kelib ham bugungi bahsning so'nggi 20 daqiqaligidagi xarakter hali ham jamoada yo'qligi tushunarsiz. Nima deyish mumkin, ikkita qo'pol xato va ikkita gol. Bunday holat "Metallurg" bilan uchrashuvda va bugun sodir bo'lmoqda. Standartlar "Andijon"ning eng asosiy xarakteristikasi ekanligini bilardik. Afsuski, to'pni sovg'a qildik, keyin fol ishlatdik. Bu holatdan chiqib ketishimiz mumkin edi, lekin gol qabul qilib oldik. Ikkinchi gol esa qanday bo'lganini ko'rdingiz. Buni nima deyishga ham hayronman, to'pni qaytarib yuborish kerakmidi, to'xtatishmi. Xato qildik va gol o'tkazib yubordik. Keyin bosim qildik va faqatgina bittagina gol ura oldik. Hechqisi yo'q, shunday vaqt kelishi kerak edi, o'z maydonimizda mag'lub bo'ldik. Bundan hafamiz. Lekin yana bir bor aytaman, ruhiy tomonlama barchasini to'g'rilashimiz kerak. Beshinchi o'yinga kelib ham ishtiyoqsiz o'ynayotganimizni yigitlarga aytyapman va ko'p takrorlayapman. Yangi jamoamiz, tarkibda 16 nafar yangi futbolchi bor. Oldinga harakatlanishda davom etamiz. 

- So'nggi daqiqalarda "Lokomotiv" agressivroq o'yin ko'rsatdi. Nega jamoa bunday o'yinni bahs boshidan ko'rsata olmadi? "Paxtakor"ga qarshi jamoa boshqacha o'ynagandi yoki barchasi raqibga bog'liqmi?

- Bilasiz, har bir jamoa o'ziga hos qarashlarga ega. Masalan, futbol o'ynaydigan jamoalarga qarshi hujumlarni tashkillashtirish osonroq. Murabbiylarga ham bunday raqiblarga qarshi jamoasini tayyorlash engilroq bo'ladi. Agarda raqib bugungidek jangovar va impravizacion o'yin ko'rsatsa, albatta, og'ir bo'ladi. Raqiblar juda tez, ikkinchi to'pni tezkorlik bilan qabul qilib olishmoqda va keyin ularning nima qilishlarini hech kim bilmaydi, huddi ruletkaga o'xshaydi. Tabiiyki, bunday raqibga qarshi o'ynash juda og'ir. Bugungi o'yin futbolga unchalik yaqin emasdi. Bunday o'yinlarni tomosha qilish ham og'ir. Bizda o'yinni istalgan payt sokinlashtirib tashlaydigan ijrochilar etarli emas. Maydon sifati ham bazida halaqit qilmoqda. Bu futbol, oldinga harakatlanishda davom etamiz. Bu orqali hech nimani o'zgartirmaymiz. To'g'ri yo'ldamiz va shu yo'lda davom etamiz. Oldinda kubokda uchta o'yin bor. Keyin "Navbahor"ga qarshi o'yinga tayyorlanamiz.

- "Andijon" bugun ilk marta o'yindan gol o'tkazib yubordi, bungacha ular standartlardan gol qo'yib yuborayotgandi.

- O'tkazib yuborilgan birinchi golga qadar biz ularning barcha standartlarini bartaraf qilayotgandik. Barchasini yaxshi o'rganib chiqqandik. Futbolda birgina vaziyatda nimadir bo'lib ketishi odatiy holat. Birinchidan, to'p uzatilishi ideal bo'ldi. O'sha paytda to'p bizda edi, keyin to'pni ularga sovg'a qildik va xatoni to'g'rilash uchun fol ishlatdik. Ikkinchi ustun yonida kimdir paydo bo'lishini bilib turgandik. Kimdir ularga yo'lni ochib berdi va barchasi ular uchun ideal ko'rinish oldi. Bularning barchasi futbol vaziyatlari.

- "Lokomotiv"ning ikki qanot himoyachilari ko'p xato qilishdi. "Andijon" bugun qanotlarni yondirdi.

- Biz boshqacha uslubda o'ynaymiz. Biz ikki qanot himoyachilarini hujumda ko'proq bo'lishini istaymiz. Tabiiyki, ular orqali vaziyatlar yaratdik, ular ham hujumlarga yaxshi qo'shilib turishdi. Raqiblar ham individual jihatdan kuchli, ular ham muammolar keltirib chiqara olishadi. O'tgan o'yinda Akaki SHulaya ham bizga xavf solishi kerak edi. Uni to'liqligicha yopdik. Bugun esa Abdumannonovni yaxshi qo'riqladik, u kamroq muammo bo'ldi. Qishda selekciya qilayotganda unga qiziqib ham ko'rgandik. Barchasi o'xshab ketadigan vaziyatlar ham bo'lib turadi. Yana bir marta takrorlayman, raqiblar to'pni tepib yuborish, ikkinchi qavatdagi jangovarlik uchun o'ynasa, juda qiyin bo'ladi. CHunki to'p qaerga ketib qolishini bilib bo'lmaydi. Ular jarima maydonchamizga havodan to'p uzatishlari ko'p bo'lishini kutgandik. Lekin bugun to'pni qaerga qaytarib yuborsak ham to'p ularga tushaverdi. Bo'lib turadi. SHunchaki ruhiy sifatlarni o'zgartirib, bunday raqiblarga qarshi qattiqroq o'ynash kerakligini miyaga singdirish kerak. Boshqachasiga o'ynab bo'lmaydi. Bizda jamoa yangi. Yigitlarni tabriklayman, ular so'nggi 20 daqiqada jismonan tayyorgarligi qanday ekanligini, xarakterini ko'rsata olishdi. Doimo shunday bo'lish kerak. Barcha raqiblarni yutib bo'lmaydi. Lekin yuqori kayfiyat bilan o'ynasa bo'ladi.

- "Andijon"ning qaysi futbolchisi sizga yoqdi?

- Raqibning sifatli futbolchilari juda ko'p. O'z jamoamdan mamnunman. Raqiblarning futbolchilarini ajratib ko'rsata olmayman. CHunki ular "Andijon" futbolchilari.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика