So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Aleksandr SHadrin xotirasiga bag'ishlanadi. O'zbekiston Yaponiyani tarixda ilk bor mag'lub etgan oqshom Yangiliklar

Aleksandr SHadrin xotirasiga bag'ishlanadi. O'zbekiston Yaponiyani tarixda ilk bor mag'lub etgan oqshom

Bundan roppa-rosa 8 yil oldin taniqli futbolchi Aleksandr SHadrin vafot etgan edi.


Bugun shu munosabat bilan JCH – 2014 saralash bosqichi doirasidan o'rin olgan Yaponiya bilan safarda o'tkazilgan uchrashuv tafsilotlari va o'yinga doir qiziqarli voqelari hususida fikrlashamiz. Zero SHadrinning o'sha uchrashuvdagi yagona goli bizga "samuraylar" ustidan ilk g'alabani tortiq qilgandi. 



Saralash o'yinlarining birinchi bosqichida Osiyo qitasining 20ta terma jamoasi beshta guruhga taqsimlandi. Bunda o'z guruhlarida 1 va 2 – o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar keyingi hal qiluvchi bosqichga yo'llanma olardi. O'tkazilgan oltita o'yinlarning ichida eng murakkabi Yaponiyaga terma jamoasiga qarshi kechgandi. Quvonarlisi mazkur bosqichda terma jamoamiz “kun chiqar” yurt vakilaridan naqd olti ochkoga o'zib ketadi. Guruhdagi so'ngi bahs aynan Yaponiya bilan Tokiodagi hashamatli “Toyota” stadionida bo'lib o'tadi. 


Ikki terma jamoa ham guruhdan chiqish masalasini hal qilib bo'lgani sababli o'yinning darajasi yuqori emasdi. Tojikiston terma jamoasi Toshkentda yirik 3:0 hisobida taslim etilgach jamoamiz 13 ochko to'plab guruhda yakka peshqadamga aylandi. Raqiblarda esa 10 ochko mavjud edi. Ularga birinchi o'ringa ko'tarilib olish uchun juda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. 

Malumki, azaldan guruhimizda Yaponiya tushmasaydi deb hayiqib turardik. Abramov esa o'shanda har qanday jamoani mag'lubiyatga uchrata olish mumkinligini isbotlay olgandi. Ammo, o'yindan oldin tarkibimizda jiddiy muammolar yuzaga keladi. Islom To'xtaxo'jaev, Sanjar Tursunov, Server Jeparov, Aleksandr Geynrix, Vagiz Galiulin singari etakchi futbolchilar yordam bera olmasdi. Ularning o'rniga o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga ishonch bildirildi. 

Bellashuv bosh hakami Abdulloh Balidehning hushtagi yangrashi bilanoq mezbonlar birin ketin havfli hujumla yomg'irini yog'dirishni boshlashdi. Ochig'i, ularning maxoratdan biznikilardan bir bosh ustunligini sezib olish qiyin emasdi. Birinchi bo'limda himoyamizni bamisoli o'qqa tutilgan armiyaga o'xshatsa bo'lardi. Yaponlarning tezlik bilan chiqargan qarorlari, jarima maydonchamiz ichiga yorib kirishlari futbolchilarimizni sarosimada ushlab turdi. SHinji Kagava, Yuto Nagotomo, Makoto Xasebelarning yurishlari ancha keskin ko'rinish oldi. Buning natijasida Vadim Abramov birinchi bo'limdayoq o'zgarishga qo'l urdi. Ildar Magdeevning o'rniga OTJ futbolchisi Oybek Qilichevni maydonga tushirdi. 

35-daqiqada Alberto Zakkeroni shogirdlari hisobni ochishga yaqin kelishdi. Ammo, mahalliylashtirilgan degioner futbolchi Mayk Xavinaarning goli inobatga olinmaydi. Ikkinchi bo'limning 54–daqiqasida vakillarimiz maydon markazida tezkor qarshi hujumga o'tishadi. Qanotdan mohirona tarzda oshirib berilgan to'pni Bahodir Nasimov boshi bilan darvozaga kiritishga harakat qiladi. Uning zarbasini Edzi Kavashima qaytaradi. Qaytgan to'pga birinchilardan bo'lib etib kelgan Aleksandr SHadrin darvozani ishg'ol qiladi. Hisob ochilgandan so'ng Yaponiya bosimni oshiradi, golli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Biroq, omad chinakamiga shu kuni bizga kulib boqadi. 


Ikkinchi tarkib bilan “samuraylar”ni safarda yutib kelgan terma jamoamiz tarix zarvaraqlaridan joy oladi. Sababi bundan oldin qanday musobaqa bo'lmasin bu yurt terma jamoasiga yirik hisobda mag'lub bo'lib kelganmiz. Terma jamoamiz tarixdagi eng yirik mag'lubiyatni ham Yaponiyadan (1:8) qabul qilib olgani yodimizda. JCH–2010 saralashida safarda durang qayd etgan bo'lsak, uyda kichik 0:1 hisobida mag'lub bo'lganmiz. O'shanda Yasuhito Endo gol urib g'alabani ilib ketgandi. Bu safar esa revansh olindi deya olamiz. Birinchi o'yinda “Paxtakor” markaziy stadionida Server Jeparovning goli bir ochko keltirgandi. O'ylaymizki, kelajakda tarixni yangilash uchun bizda yana imkoniyat yuzaga keladi. SHadrin esa muxlislar qalbida mangu yashaydi. 


JCH-2014. 3-saralash bosqichi. 6-tur.

Yaponiya – O'zbekiston 0:1 (0:1, 0:1)

29. 12. 2012. Tokio (Yaponiya). “Toyota” stadioni. 42720 tomoshabin.

Bosh hakam: Abdulloh Balideh (Qatar)

Gol: Aleksandr SHadrin, 54

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Artyom Filiposyan, Islom Inomov, Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Ildar Magdeev( Oybek Qilichev, 38), Jasur Hasanov (kichik), Stanislav Andreev (Dilshod Rahmatullaev, 58), Bahodir Nasimov, Aleksandr SHadrin (SHavkat Salomov, 65)




Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика