Aleksandr Mochinov taxminicha, bugun finalda kim g'alaba qozonadi?
04 dek 2021 11:16
Yangiliklar
Aleksandr Mochinov taxminicha, bugun finalda kim g'alaba qozonadi?
Bugun Samarqand shahrida O'zbekiston kubogi final uchrashuvi doirasida “Paxtakor” hamda “Nasaf” o'zaro bahs yuritadi.
Uchrashuvdan oldin ayni vaqtda Kuvaytning "Al Nasr" klubi yoshlar jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Aleksandr Mochinov bilan bog'landik. Tajribali mutaxassis finalda kimning imkoniyati yuqori ekanini malum qildi.
“Final qiziqarli o'tishi tabiiy. “Paxtakor” chempionlikni qo'lga kiritdi. SHunga qaramay, “sherlar” yana bir kubokni qo'lga kiritish istagi bor. “Nasaf” esa OCHLga yo'llanma olish uchun bugun g'alaba qozonishi shart.
Nazarimda, o'yinda “Nasaf” g'alaba qozonsa kerak. CHunki bu yigitlar OCHLda to'p tepish istagi yuqori ekanligi bois ham bugun oxirigacha kurashadi. Asosiy vaqtda hammasi hal bo'lishini taxmin qilmoqdaman”, - deya so'zini yakunladi Mochinov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar