So’nggi yangiliklar

18:42Opta А Серияда қайси жамоада чемпион бўлиш эҳтимоли катта эканлигини маълум қилди  0 18:10Суперлига. "Шўртан" - "Навбаҳор" 1:0 (матнли трансляция)  9 17:50Эшитдик-да! Португалия терма жамоаси собиқ устози Ўзбекистон МТЖда иш бошлаши мумкин   36 17:32Эшитдик-да! CAFA мусобақаси қайси стадионларда ўтказилиши маълум  14 17:10Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Қодисия" - "Ал Аҳли" (онлайн ҳисоб)  2 16:47"Арсенал" кутилмаганда Хавертц ўрнига футболчи излашни бошлади  1 16:45Тимур Кападзенинг боши нега оғримоқда?  11 16:20Акинфеевга замонавий спорт журналистикаси ёқмаяпти  0 15:42"Барселона" Ла Лиганинг 1-турида энг ёш таркибни майдонга туширди. Иккинчи ўринда...  14 15:39"Насаф" ҳимоячиси "Шўртан"га қарши ўйинда майдондан четлатилиши лозим эди. Суперлиганинг 19-турида ҳакамлик таҳлили  3 15:10Opta суперкомпьютери: Бундеслигада сенсация бўлмайди  0 14:46Месси яна терма жамоага чақирилди, Файзуллаев энди ўйнай олади, Роналду финалга чиқди - 19 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада  0 14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  2 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  7 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   3

Aleksandr Mochinov: CAFA bayrog'i ostidagi turnir OCH saralashiga yaxshi tayyorgarlik vazifasini o'taydi Yangiliklar

Aleksandr Mochinov: CAFA bayrog'i ostidagi turnir OCH saralashiga yaxshi tayyorgarlik vazifasini o'taydi

Bugun, 3 iyul kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol associaciyasi – CAFA bayrog'i ostida 15 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida musobaqa start oladi.

Mazkur turnir oldidan O'zbekiston U-15 termasi bosh murabbiyi sifatida Tojikistonga kelgan Aleksandr Mochinov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“CAFA bayrog'i ostidagi ushbu turnir barcha o'smirlar terma jamoalariga Osiyo chempionati saralash bahslari oldidan yaxshi tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Yosh ishtirokchilar o'ziga yarasha tajribaga ega bo'ladi va eng asosiysi ular boshqa mamlakat termalarida o'ziga yangi do'stlar orttiradi. Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rilganini alohida qayd etib o'tmoqchiman.

Bu erdagi ajoyib muhit mazkur turnirni yanada raqobatbardosh o'tishiga, shuningdek, futbol olamida yangi o'yinchilar kashf etilishiga xizmat qiladi. Barcha tashkilotchi va ishtirokchilarga futbol bayrami mazmunli o'tishiga tilakdoshman”, – dedi Aleksandr Mochinov.

Avvalroq O'zbekiston U-15 termasi 13–17 iyun kunlari Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar berilgandi. Turnirlar orasidagi taqvim tig'iz bo'lgani sababli, O'zbekiston o'smirlar termasi ikkiga bo'lindi. CAFA CUP U-15 musobaqasiga futbolchilarni Aleksandr Mochinov olib ketgan bo'lsa, Dilshod Nuraliev o'z shogirdlarini Xitoydagi musobaqaga tayyorlamoqda va ular bilan u erga yo'l oladi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика