So’nggi yangiliklar

11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  2 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  4 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8

Aleksandr Mochinov: "Barcha aybni o'z bo'ynimga olaman" Yangiliklar

Aleksandr Mochinov: "Barcha aybni o'z bo'ynimga olaman"

Matbuot anjumanining ikinchi qismida “Buxoro” bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov tashrif buyurdi.

Matbuot anjumanining ikinchi qismida “Buxoro” bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov tashrif buyurdi.

-Mexmonlarni ushbu g'alaba bilan tabriklayman. Ushbu jamoa bugungi kunda ajoyib holatda ekanligini yana bir bor ko'rdik.

Jamoamining o'yiniga baho beradigan bo'lsam, biz mag'lub bo'ldik. O'z uyida, muxlislari ko'z o'ngida harakat qilayotgan jamoa uchun, bugungiday o'yin namoish etish bu juda ayanchli va jirkanchli!

-Jamoa mag'lub bo'ldi, kim aybdor? Javobgarlikni kim o'z bo'yniga oladi?

-Barcha aybni o'z zimmamga olaman.

-Barcha tushunib turibdi, yaxshi jamoaning shakllanishi uchun vaqt kerak, dastlabki yilda ko'zlangan maqsadga erishish qiyin, lekin mavsumoldi mashg'ulotlar maromida bo'ldi-ku? Sizda jamoa bugungi axvolda bo'lmasligi uchun yaxshiroq va tajribaliroq futbolchilar taklif etishga imkoniyat va vaqt etarli ediku?

- Afsus, hamma ham tajribali futbolchilar bu erda o'ynashga rozi bo'lishmadi. Ularda bizdan-da yaxshiroq takliflar bo'ldi, kimlarningdir boshqa jamoalar bilan kelishuvlari bor edi va yana ayrimlari bilan kelishishga ulgurmadik. Qandaydir sabablar tufayli bizda muzokaralar o'rtasiga kelib uzilib qolardi.

Nima bo'lganda ham, men aybni futbolchilarga tashlamagan bo'lardim. Futbolchilarning bu erda ayblari yo'q. Bugungi kunga kelib jamoa ancha jipslashgan va jangovor holatda bo'lishi kerak edi. Demak, murabbiylar shtabi, xususan men futbolchilarni kerakli darajada tayyorlay olmadim. Barcha ayb bosh murabbiyda.

Bugun yirik hisobdagi mag'lubiyatni xech kim xayoliga ham keltirmagan edi. Futbolchilar juda katta bosim ostida qolib ketishdi, mana necha oylab g'alaba qozona olmayapmiz.  Jamoa katta bosim ostida qolganidan keyin, maydonda kichik-kichik xatolarni vujudga keltiradi. Bu xatolar esa oqibatda katta muammo keltirib chiqaradi”-dedi Mochinov.

"Buxoro" PFK matbuot kotibi Aziz Salixov yozib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика