So’nggi yangiliklar

12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  0 12:04U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташлаш маросими бошланди   1 11:41Расман: Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни қайси термага қарши ўйнаши маълум  3 10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  25 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  14 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  3 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  3 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   1 02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  18 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  175 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  4

Aleksandr Lobanov: "Paxtakor" mehmonda ham "Traktorsozi" bilan kamida durang o'ynashi kerak" Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: "Paxtakor" mehmonda ham "Traktorsozi" bilan kamida durang o'ynashi kerak"

"Paxtakor" - "Traktorsozi" (1:0) uchrashuvi yakunlangach stadionda "sherlar"ning sobiq kiperi, "Persepolis" klubi darvozaboni Aleksandr Lobanovni uchratib qoldik va uning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.


"Paxtakor" uchun bahs juda qiyin kechdi. Tashqaridan bu o'yinni kuzatish undanda murakkab. "Paxtakor" uchun juda ham xursandman. Muhim va kerakli g'alaba qo'lga kiritildi. O'ylaymanki, "sherlar" safardan ham kamida bir ochko bilan qaytishlari kerak. Menimcha, hali hech narsa boy berilgani yo'q. Guruhdan chiqish vazifasini uddalasa bo'ladi. "Paxtakor" har qanday vaziyatda ham "Paxtakor"ligicha qoladi. Bu jamoa oxiriga qadar kurashadi. Keyingi bosqich yo'llanmasi uchun kurash ham so'nggi turgacha davom etsa kerak. O'zbekistonning har to'rttala jamoasi chin yurakdan omad tilayman. O'ylashimcha, barcha jamoalarimiz guruhdan chiqish vazifasini uddalay olishadi. Jamoalarimiz o'yinida o'sish kuzatilgan, tarkib jihatdan ham ular ancha kuchayib olishdi. Bu mavsumda jamoalarimiz ishonchni oqlashadi degan umiddaman. Terma jamoa ixtiyoriga etib keldim va shu bois hozir Toshkentdaman. Biz qolgan ikkita o'yinni ham g'alaba bilan yakunlashimiz lozim. O'tgan vaqt oralig'ida juda katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshirdik. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar vazifa va maqsad o'zgarmaydi. Doimo g'alaba. SHu bois bo'lajak o'yinlarda muxlislarni g'alabalarimiz bilan quvontirishga harakat qilamiz. Ular esa bizni qo'llab-quvvatlashlariga muhtojmiz. Filippin va Bahraynga qarshi bellashuvlarga barcha ishqibozlarni stadionda kutamiz", - dedi Aleksandr Lobanov.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика