So’nggi yangiliklar

09:08МЮ Антонига нарх белгилади  0 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  10 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  2 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  0 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  0 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  1 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  12 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  7 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  3 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  109

Aleksandr Lobanov: "Jahon chempionatiga chiqishimizga 100 foiz ishonayapman" Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: "Jahon chempionatiga chiqishimizga 100 foiz ishonayapman"

Teglar :  Aleksandr Lobanov
Terma jamoamiz darvozaboni Aleksandr Lobanov Erudit Sport gazetasiga bergan intervyusida Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlar borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Jahon CHempionatiga chiqishimizga siz qay daraja ishonayapsiz?

- Jahon CHempionatiga chiqa olishimizga men 100 foiz ishonayapman! Ishonch bo'lmasa, ming tayyorgarlikdan hech qanday naf yo'q. SHu bois, barchamiz o'zimizga ishonib, maqsad sari olg'a intilishda davom etamiz. Muxlislarga aytar so'zim, ular ham Jahon CHempionatiga chiqishimizga ishonishsin, bizni hayotda ham, internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda ham qo'llab-quvvatlashsin. Biz bir jamoa bo'lsak, albatta niyatimizga etishamiz.

- Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlarda maydonga tushishga ulgurgansiz. Ularning ustunligi nimada deb o'ylaysiz?


- Har ikki raqibimiz ham juda jiddiy raqiblar sirasiga kiradi. To'g'ri, Xitoyni Toshkentda nisbatan osonlik bilan mag'lub etgan bo'lsakda, ular o'z uylarida har qanday raqibga qarshi jiddiy kurash olib boradi. Bu jamoaning kuchi texnik yoki taktik futbolda bo'lmasada, xitoyliklarning kuchi o'z vatani shani uchun maydonda jang qila olishida. Ular ham g'alaba uchun bor kuchlarini sarf etishlari aniq. Janubiy Koreyaning qanday kuchga ega ekanligini esa barcha yaxshi bo'ladi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, oldimizdagi ikki o'yin Jahon CHempionati yo'llanmasini taqdim etar ekan, Xitoy bo'ladimi, Koreya bo'ladimi yoki olaylik Ispaniya yo Argentina bo'ladimi, biz har qanday holatda ham 200 foiz kuch bilan tayyorgarlik ko'rib, g'alaba bilan azaliy orzuimizga etishishimiz shart! Bu ikki o'yin biz futbolchilar uchun ham faoliyatimizdagi eng muhim o'yinlar bo'ladi.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.


Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика