So’nggi yangiliklar

20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  0 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  0 20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  1 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  3 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  8 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  11 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  12 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3

Aleksandr Krestinin: "CHetlatishdan so'ng taslim bo'lmadik va bir ochkoni qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "CHetlatishdan so'ng taslim bo'lmadik va bir ochkoni qo'lga kiritdik"

Soca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin biz uchun oson kechmadi. 80 daqiqa bir kishi kam bo'lib o'ynadik. Taslim bo'lmasdan kurashib, bir ochkoni qo'lga kiritganimiz bilan muxlislarni tabriklayman", – dedi Krestinin.



- Suhrob Izzatovning qizil kartochkasiga izoh berib o'tsangiz...

- Men hakam qarorlarini muhokama qilmayman. Vaziyatga keladigan bo'lsak, keyinchalik ko'rib chiqamiz va xulosaga kelamiz.

- So'nggi o'yinlarda jamoa asosan ikkinchi taymda o'yinni kuchaytirishmoqda. Bunga sabab nima? "A" reja ish bermaganidan so'ng "B" rejasiga o'tilmoqdami?

- Men ushbu savolga javob qidiryapman. Jamoada jismoniy holat yaxshi, biroq ikkinchi bo'limni yaxshiroq o'tkazmoqdamiz. Bunga sabab nimaligini bilmayman ochig'i. Bu savolingizga hali javob topa olmadim.



- "Bunyodkor" jamoasining hujumchilari so'nggi bahslarda deyarli gol urishmayapti. Bugungi uchrashuvda ham markaziy himoyachi gol urdi. "Bunyodkor"da hujumchilar bilan bog'liq muammoning sababi nimada?

- Biz mashg'ulotlar o'tkazamiz va o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Masalan, Franciya chempion bo'lgan Jahon chempionatida markaziy hujumchi Olive Jiru birorta gol urmagandi. Bizning jamoada har bir futbolchida gol urish uchun imkoniyat bo'ladi. Har bir futbolchi yakunlovchi vaziyatda bo'lib qolishi mumkin. Biz standart vaziyatlardan ham unumli foydalanishga harakat qilamiz. 

- Bugungi uchrashuvda "Bunyodkor" bir ochko qo'lga kiritdimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Agar o'yindan avval durang qayd etishimizni bilganimda, bugun ikki ochko yo'qotdik degan bo'lar edim, ammo bugungi o'yinda deyarli 90 daqiqa bir kishi kam bo'lib harakat qildik. Bugun bir ochkoni qo'lga kiritdik deya olaman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика