So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  0 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  19 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8

Aleksandr Grigoryan: "Toshkentda xotinim va qizim iqlimga moslasha olishmadi" Yangiliklar

Aleksandr Grigoryan: "Toshkentda xotinim va qizim iqlimga moslasha olishmadi"

"Paxtakor" klubining sobiq bosh murabbiyi sportbox.ru sayti vakillariga intervyu berdi. Uning asosiy qismini taqdim etamiz.

- Qanday qilib Paxtakorga borib qoldingiz?
- Paxtakor bosh murabbiyi Samvel Babayan O'zbekiston milliy terma jamoasiga o'tdi, klubda esa yaqinda futbolchilik faoliyatini tugatgan yosh murabbiy No'mon Hasanov bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlayotgandi. Meni murabbiy-konsultant sifatida taklif qilishdi. SHartnomada shunday yozilgandi: mashg'ulotlar jarayonida ishtirok etaman va o'yinlar vaqtida jamoani boshqarishim mumkin. Tosnoda ishlab tajriba to'plagandim. Paxtakor O'zbekiston uchun Rossiya uchun Spartakdek gap, u erda ishlash katta sharaf. Jamoa oliy ligada peshqadamlik qilmoqda. O'zbekistonda infrastruktura va futbol maktablariga ajratilayotgan mablag'lar meni hayratda qoldirdi. Paxtakorda 90 foiz futbolchi klub tizimidan chiqqanlar ekan! Viloyatlarda tomoshabinlar tashrifi ham juda ko'p taxminan 20–25 ming. Bu Rossiya birinchi divizoniga etishmayotgan holat.

- Nimaga qaytib keldingiz?
- Faqat bir marta, Xabarovskda ishlaganimda, o'zim bilan birga oilamni olib ketmagandim. Toshkentda xotinim va qizim iqlimga moslasha olishmadi. Menga unchalik sezilgani yo'q. Ular esa birinchi kundanoq kasal bo'lib qolishdi. Aks holda qolardim. Menda O'zbekiston u qadar nufuzli mamlakat emas degan fikr yo'q… Asosiysi klubning maqsadlari yuqori bo'lsa bas, - deydi Grigoryan.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика