So’nggi yangiliklar

15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  0 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  23 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2

Aleksandr Geynrix: "Futbolda shoshib xatoga yo'l qo'ymaslik kerak" Yangiliklar

Aleksandr Geynrix: "Futbolda shoshib xatoga yo'l qo'ymaslik kerak"

O'zbekiston - Yaman uchrashuvida kiritilgan yagona gol muallifi Aleksandr Geynrix o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Terma jamoaga qaytganimdan xursandman. To'g'risini aytsam, muxlislarni o'zim ham sog'ingandim, golim ularga sovg'a bo'ldi deb o'ylayman. Birinchi o'yinda qiyin bo'ldi, gap raqibning kuchida emas, yangi murabbiy qo'l ostida bor-yo'g'i to'rt kun mashg'ulot o'tkazdik. Samvel Babayanning bizdan nimani talab qilayotganini to'liq anglab etish uchun biroz vaqt kerak. Keyingi o'yinlarda o'zimizni yanada yaxshi his qilishimizga ishonaman", - deydi Geynrix.

- Yamandan bugun kutilganidan ancha yaxshi harakat qildi. Bunday o'yinni ulardan kutganmidingiz?
- Bor etiborni himoyaga qaratishlarini bilardik. Bunday o'yinlarda biroz qiyin bo'ladi. Buning echimi tezkor gol, ammo biz birinchi bo'limda vaziyatlardan foydalana olmadik. Lekin bari yaxshilik bilan tugadi.

- O'ylashimizcha, bugun Yaman o'z saviyasidan bir kalla ustun o'ynadi, biz ham o'z imkoniyatimizdan yuqoriroq harakat qilishimiz mumkinmi?

- Mumkin albatta. Buning uchun shoshmaslik kerak, xato ko'p bo'ladi. Futbolchilarimiz minglab yig'ilgan muxlislar oldida tezroq gol urishimiz kerak deb shoshdilar. Aksincha, bunday ishlarni xotirjam bajarish kerak. SHunda unum bo'ladi. Ikkinchi bo'lim arafasida yoshlarga shuni takidladim. O'z navbatida Filippin bilan o'yinda yanada yaxshiroq harakat qilishga vada beramiz.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика