Alaba "Real"ga o'tmasligi mumkin, u Ramosdan ko'p maosh olmoqchi
05 jan 2021 16:28
Yangiliklar
Alaba "Real"ga o'tmasligi mumkin, u Ramosdan ko'p maosh olmoqchi
"Bavariya" himoyachisi David Alaba Madridning "Real" klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Bitim 28 yoshli avstriyalik futbolchining yuqori moliyaviy talablari sabab amalga oshmasligi mumkin. Alaba "qirollik klubi"da yiliga 13 million evro maosh olmoqchi. Bu esa jamoa sardori Serxio Ramosning olayotgani maoshidan 1 million ko'p.
"Real" rahbariyati futbolchiga bunday maoshni to'lashga tayyor emas. Ispan klubi 10 million evrodan ko'p bo'lmagan mablag' taklif qilishi mumkin.
Davidning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2020/21 yilgi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. David "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirmadi va u o'zining La Ligada o'ynash orzuini amalga oshirmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar