Alaba - "Real"dagi debyuti haqida: "Moslashishimning siri - bu jamoa"
09 avg 2021 18:01
Yangiliklar
Alaba - "Real"dagi debyuti haqida: "Moslashishimning siri - bu jamoa"
"Real" himoyachisi David Alaba "qirollik klubi" safida "Milan" (0:0)ga qarshi o'yinda debyut qilgani haqida gapirdi.
"Moslashib ketishimning siri - bu jamoa. Klubdoshlarim meni juda yaxshi kutib olishdi va menga "Real"dagi debyutim juda yoqimli bo'ldi. Men o'yinda o'zimni juda qulay his qildim, debyutimdan qoniqdim", - deydi Alaba.
Himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushdi va bir taym harakat qildi, shundan so'ng uning o'rnini Eder Militao egalladi.
29 yoshli Alaba 21 iyul kuni "Real"ga "Bavariya"dan erkin agent maqomida o'tgandi. SHartnoma 5 yilga mo'ljallangan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar