Alaba koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda
21 dek 2021 21:33
Yangiliklar
Alaba koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda
"Real Madrid"ning avstriyalik himoyachisi David Alaba COVID-19 tufayli "Atletik"ga qarshi bahsda qatnashmaydi.
Manbaga ko'ra, Alaba virus yuqtirib olganlikda gumon qilingani bois bugungi mashg'ulotlarsha ishtirok etmagan va "Atletik" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi. Klub ehtiyot chorasini ko'rishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, koronavirus va uning alomatlari tufayli Luka Modrich, Marko Asensio, Andrey Lunin, Rodrigo Goes, Isko va Garet Beyl jamoaga yordam berolmayapti.
La Liga 21-turi doirasidagi "Atletik" – "Real" uchrashuvi payshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar