So’nggi yangiliklar

15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  0 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  2 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  5 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  14 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  7 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  8

Doxadan muxbirimiz xabar beradi: “Al-Hilol” bugungi o'yinga tarkib yig'olmay qolishi mumkin Yangiliklar

Doxadan muxbirimiz xabar beradi: “Al-Hilol” bugungi o'yinga tarkib yig'olmay qolishi mumkin

Teglar :  OCHLAl-Hilol
OCHL reglamentiga ko'ra, o'yin uchun qaydnomadan eng kamida 13 futbolchi joy olishi kerak: 11 asosiy tarkib azosi, zaxirada esa bir nafardan darvozabon va o'yinchi.

Qatardagi muxbirimizning xabar berishicha, hozirda “Al-Hilol”ning qaydnomasida 13 nafar sog'lom futbolchi bor: ulardan 3 nafari darvozabon, qolganlari esa maydondagi o'yinchilar. Saudiyaliklar 6-tur doirasida o'tadigan “SHabab Al-Ahli”ga qarshi uchrashuvni qoldirishni so'rab, OFKga murojaat qilishgan, ammo ularning navbatdagi iltimosi ham rad etildi.

SHu bois, “Al-Hilol”ning oldida ikkita yo'l qolgan, birinchisi, uchrashuvdan bosh tortib, musobaqadagi ishtirokini yakunlash. Ikkinchisi esa zaxiradagi darvozabonlardan birini o'ynovchi futbolchi sifatida qaydnomadan o'tkazish.

“Al-Hilol” musobaqadagi ishtirokini yakunlasa, jamoaning barcha natijasi nolga tenglashtirilishi va “Paxtakor” 1-o'rin bilan keyingi bosqichga chiqishi haqda oldinroq xabar bergandik

1. "Paxtakor" – 7 ochko

2. “SHabab Al-Ahli” – 7 ochko

3. “SHaxr Xodro” – 0

Hozircha, saudiyaliklar qanday qarorga kelgani malum emas. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Ayni paytga kelib "Al Hilol"ning jami 19 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi. Bular:

Darvozabonlar: Muhammad Vakid, Abdulloh Al Jadani, Navaf Al G'amdi.

Himoyachilar: Muhammad Al Burayk, Yosir Al SHahroni, Abdulloh Al Hafiz, Muteb Al Mufarrij, Ali Al Bulayhi, Muhammad Jahfali, Muhammad Kunaydiri.

Yarim himoyachilar: Salmon Al Faraj, Hamad Alabdan, Navaf Al Obid, Salim Al Davsari, Muhammad Kanno, Nossir Al Davsari.

Hujumchilar: Sebastyan Jovinko, Saloh SHehri, Bafetimbi Gomis.

Koronavirusdan davolanib safga qaytganlar: Salmon Al Faraj, Hamad Alabdan.

Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" - "SHabab Al Ahli" bahsi bugun, 23 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 21:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da start oladi. Bellashuv Dohadagi "Khalifa International Stadium"da bo'lib o'tadi. 

"Al-Hilol" ishtirokini davom ettirsa, "A" guruhi peshqadami sifatida keyingi bosqichda "B" kvartetidagi ikkinchi jamoa ("Al-SHorta" yoki "Istiqlol")ga qarshi to'qnash keladi.

Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика