So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  1 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

“Al Hilol” bosh murabbiyi: “Amaldagi chempion sifatida o'ynash har doim qiyin bo'lgan” Yangiliklar

“Al Hilol” bosh murabbiyi: “Amaldagi chempion sifatida o'ynash har doim qiyin bo'lgan”

Osiyo chempionlar ligasining “B” guruhidan o'rin olgan “Al Hilol” – “SHahr Xodro” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Rezvan Luchesku va hujumchi Bafetimbi Gomis qatnashdi.

“SHahr Xodro” jamoasi bilan bo'lgan bahs kutilganidek, oson kechmadi. Biroq, futbolchilarimiz vaziyatni to'g'ri baholay oldilar va g'alabaga erishdik. Menimcha, bundan ham ko'proq gol ura olardik.

Tan olish kerak, o'yin davomida raqib bizga munosib qarshilik ko'rsata oldi. Keskin pressing tashkil etishdi. Muhimi birinchi tur bo'lishiga qaramay, biz juda yaxshi natijaga erishdik. Futbolchilarimizning o'yinidan xursandman.

Menimcha, bu mavsum biz uchun anchayin qiyin bo'ladi. CHunki, bizga raqib bo'ladigan har bir jamoa deyarli ikki barobar ko'p kuch bilan o'ynashi aniq. Amaldagi chempion sifatida harakat qilish har doim qiyin bo'lgan”, - deydi “Al Hilol” bosh murabbiyi.


Al Hilal

Andre Carrillo - 45', Bafetimbi Gomis - 69'

AFC Champions League Grp. B . 1-tur

10/02/2020, 19:40

0
:
2
Cancelled

Shahr Khodrou FC


O'yinning eng yaxshi futbolchisi Bafetimbi Gomis ham bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi:

“Ayni paytda biz uchun eng muhimi – g'alaba qozonganimiz. Bu futbolchilarning kayfiyatiga ham ijobiy tasir ko'rsatmoqda. Lekin hozir xushyorlikni yo'qotadigan payt emas va biz darajamizni o'yindan-o'yinga oshirib borishimiz talab etiladi. Buning uchun bizda mahoratli futbolchilar va tajribali murabbiy bor. Bu esa bizning g'alabalarimizda muhim rol o'ynaydi”, - deydi franciyalik forvard.




OFK rasmiy saytidan Yusufbek tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика