So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

"Al Garafa" - "Paxtakor": Avvalgi uchta o'yinni yodga olamiz Yangiliklar

"Al Garafa" - "Paxtakor": Avvalgi uchta o'yinni yodga olamiz

Ertaga Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichidan o'rin olgan sakkizta uchrashuv bo'lib o'tadi. "Paxtakor" guruh bosqichiga yo'l olish uchun Qatarda "Al Garafa" mehmoni bo'ladi.

Bu o'yin har ikki jamoa uchun muhim. Uchrashuv bir o'yindan iborat va g'alaba qozongan jamoa OCHL guruh o'yinlarida ishtirok etish imkoniga ega bo'ladi. Quyida avvalgi uchta uchrashuvni yodga olib o'tamiz.

2008 yil. Guruh bosqichi. "Al Garafa" - "Paxtakor" 2:2

2008 yilgi OCHL guruh bosqichida ikkala jamoa bir guruhdan joy olishgandi. O'shanda "Paxtakor" ketma-ket oltinchi marta guruh bosqichiga yo'l olgan. Jamoalarning birinchi o'yini Doxa shahrida kechadi va 2:2 hisobida tugaydi. Birinchi taymda hisob ochilmaydi. Keyinchalik tanaffusdan keyin iroqlik Yunis Mahmud 57-daqiqada hisobni ochadi. Oradan ko'p o'tmay Klemerson hisobni 2:0ga etkazadi. Lekin "Paxtakor" qiyin vaziyatdan chiqib keta olgandi. Asror Aliqulov bilan Farhod Tojiev tomonidan kiritilgan ikkita gol durang natijani taqdim etadi.

2008 yil. Guruh bosqichi. "Paxtakor" - "Al Garafa" 2:0

Guruhdagi oxirgi o'yinni shu jamoaga qarshi o'tkazgan "Paxtakor" 2:0 hisobida zafar quchgandi. "Al Garafa" bungacha beshta o'yinda atigi ikki ochko jamg'argani uchunmi Toshkentga legionerlari bilan kelmaydi. Natijada o'yin to'liq maydon egalari ustunligida kechib, Zayniddin Tojiev bilan Odil Ahmedovning gollari "Paxtakor"ga navbatdagi uch ochkoni taqdim etadi.

2010 yil. 1/8 final. "Al Garafa" - "Paxtakor" 1:0

Ketma-ket uch marta guruhda qolib ketgan "Al Garafa" 2010 yilgi mavsumda guruhdan chiqishga muvaffaq bo'ladi va musobaqaning 1/8 finalida "Paxtakor" bilan to'qnash keladi. O'shanda Kayo Junior shogirdlari guruhda "Istiqlol", "Al Ahli" va "Al Jazira"ni ortda qoldirgan holda birinchi o'rinni egallashgandi. "Paxtakor" esa "S" guruhidan ikkinchi o'rin bilan chiqqan. Bitta o'yindan iborat nimchorak finalda "Al Garafa"ning qo'li baland keladi. 2008 yil "Paxtakor" darvozasiga to'p kiritgan Klemerson bu safar yana gol uradi va jamoasini chorak final sari etaklaydi, "Paxtakor" esa musobaqadagi yurishini to'xtatadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика