So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

"Al Fayxa" bosh murabbiyi: "G'alaba qozonish uchun tavakkalga qo'l uramiz" Yangiliklar

"Al Fayxa" bosh murabbiyi: "G'alaba qozonish uchun tavakkalga qo'l uramiz"

Osiyo CHempionlar ligasining 2-turidan o'rin olgan "Al Fayxa" - "Paxtakor" uchrashuvidan avvalgi matbuot anjumanida "Al Fayxa" bosh murabbiyi Vuk Rasovich va himoyachi Muhammad al Baqavi ishtirok etdi.

Rasovich: "Maqsadimizga erishish uchun "Paxtakor"ga qarshi bahsda tavakkal qilishimizga to'g'ri keladi. Ushbu muhim uchrashuvda futbolchilarimizga ishonaman. Biz O'zbekistonning eng kuchli klublaridan biri bilan to'qnash kelamiz. Ularning o'tgan o'yinini tomosha qilib, shunday xulosaga keldimki, jamoa 1-turda "Al Ayn"ga yutqazishga loyiq emasdi.


Qita musobaqasida uzoqroqqa borish niyatidamiz, bu yo'lda esa "Paxtakor"ga qarshi o'yin o'ta muhim sanaladi. Bizda bir qator jarohat olgan o'yinchilar mavjud, shu bois ertangi o'yinda kimlar ishtirok etishi to'g'risida bosh qotirishga to'g'ri keladi", dedi serbiyalik mutaxassis.


Al Baqavi: "Bo'lajak uchrashuv muhim ahamiyat kasb etishini his qilib turibmiz. Raqibni hurmat qilgan holda uch ochkoni qo'lga kiritishimiz lozim. Albatta, o'yinlardagi charchoq va bosim bizga qo'shimcha yuk bo'lmoqda. Sababi, biz uchta musobaqada qatnashyapmiz. Ertangi o'yin muvaffaqiyatli natija uchun bor kuchishimizni ishga solishga harakat qilamiz", dedi saudiyalik himoyachi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика