“Neftchi” – “Bunyodkor” – 0:4, Farg'ona – “Bunyodkor” – 0:5
27 apr 2022 14:47
Yangiliklar
“Neftchi” – “Bunyodkor” – 0:4, Farg'ona – “Bunyodkor” – 0:5
Yana ham ahamiyatlisi, safarda to'p surgan bo'lishiga qaramasdan klubning barcha jamoalari g'alaba nashidasini surdi.
Dastlab 11 aprel kuni Rinat Miftaxutdinov murabbiyligidagi “Bunyodkor U-19” U-19 birinchiligining 2-turi doirasida Farg'onada “Neftchi U-19” mehmoni bo'ldi. Farg'onaliklar U-19 birinchiligining 2021 yilgi chempioni hisoblanadi. SHunday bo'lsa-da, klubning o'smirlari mezbonlar darvozasini to'rt bor ishg'ol qilib, yirik hisobdagi g'alabani tantana qildi.

25 aprel kuni Superliganing 5-turi doirasida Yaypanda “Neftchi” mehmoni bo'lgan asosiy jamoa esa, irodali g'alabani qo'lga kiritib, mezbonlar darvozasini 3 marta ishg'ol qildi va hisob – 1:3. Oradan bir kun o'tib endi Yoshlar ligasining 5-turidan o'rin olgan “Neftchi” – “Bunyodkor” o'yini bo'lib o'tdi. Abduhamid Qodirov murabbiyligidagi o'rinbosarlar jamoasi bejiz musobaqa peshqadami bo'lib turmaginini isbotlab, farg'onaliklarni yirik hisobda “taslim” etdi – 0:3.

26 aprel kuni tarixda ilk bor o'tkazilayotgan futzal bo'yicha U-18 birinchiligining guruh bosqichi 1-turida ham “Neftchi” – “Bunyodkor” qarama-qarshiligiga guvoh bo'ldik. Qizig'i, Jizzaxda bo'lib o'tgan o'yinda norasmiy mezbon sifatida farg'onaliklar qayd etildi. Asosiysi esa, bu bahsda ham “qaldirg'ochlar” g'alaba nashidasini surdi – 2:4. SHu tariqa “Neftchi” – “Bunyodkor” uchrashuvlarida umumiy hisob 0:4 ko'rinishini oldi.

SHuningdek, 9 aprel kuni 18 yoshgacha bo'lgan jamoalar ishtirokidagi O'FA Birinchiligining 5-turi doirasida Farg'onada mehmon bo'lgan “Bunyodkor U-18” Farg'ona viloyati akademiyasi jamoasidan ustun keldi. Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari yagona gol evaziga safardan 3 ochko bilan qaytdi. Natijada Farg'ona – “Bunyodkor” qarama-qarshiligida hisob 0:5ga etdi!
O'FA BIRINCHILIGI
5-tur. 9 aprel
FARG'ONA FMM – “BUNYODKOR U-18” – 0:1
U-19 CHEMPIONATI
2-tur. 11 aprel
“NEFTCHI” – “BUNYODKOR” – 1:4
SUPERLIGA
5-tur. 25 aprel
“NEFTCHI” – “BUNYODKOR” – 1:3
YOSHLAR LIGASI
5-tur. 26 aprel
“NEFTCHI” – “BUNYODKOR” – 0:3
FUTZAL. U-18 CHEMPIONATI
1-tur. 26 aprel
“NEFTCHI” – “BUNYODKOR” – 2:4
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar