So’nggi yangiliklar

14:49"Челси" ёзда Вейгани сотиб юборишга тайёр  0 13:38"Интер" 30 млн евролик футболчини харид қилмоқчи  0 12:55"Ливерпул"нинг италиялик ҳимоячига бўлган қизиқиши ортиб бормоқда  2 12:23Пеллегрини фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  2 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  9 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  5 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  7 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  11 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  3 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0

Ahad Yusupov: "Ushbu chempionat Osiyo miqyosida muhim ahamiyat kasb etadi" Yangiliklar

Ahad Yusupov: "Ushbu chempionat Osiyo miqyosida muhim ahamiyat kasb etadi"

Ertaga Xitoyning CHengdu shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.
Bugun barcha jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. "Lokomotiv" jamoasining bosh murabbiyi Ahadjon Yusupov quyidagi savollarga javob berib o'tdi:

- Turnirning tashkiliy qismi haqida fikringiz va o'z jamoangiz haqida gapirib bersangiz?

- Avvalambor turnirning tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiramiz. Bizni o'z uyimizdagidek qarshi olishdi va xamma narsa alo darajada. Ushbu chempionat Osiyo miqyosida muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha jamoalarning chempionlik nomi ostida kelib ushbu turnirda qatnashishi, chempionatning yanada jozibador o'tishini taminlaydi. Jamoamizga kelsak, bizda iqtidorli o'yinchilar etarli va biz bu turnirga may oyidan beri tayyorgarlik ko'rib kelyapmiz.

- O'quv-yig'in mashg'ulotlarini qaerda o'tkazdingiz va sizda nazorat uchrashuvlari bo'ldimi, ularda qanday natijalar qayd etdingiz?
- Biz yig'inni poytaxtimiz Toshkent shahrida o'tkazdik va 4 ta nazorat uchrashuvida qatnashdik. Ularning barchasida g'alaba kozondik.

- Turnirda o'z jamoangiz kuchiga ishonasizmi, chunki sizlar bilan bir guruxda mezbonlarning "SHenjen Nanling" jamoasi ham ishtirok etyapti, guruhda kim g'olib chiqishini ayta olasizmi?
- Guruh jiddiy jamoalardan tashkil topgan. Aytib o'tganingizdek mezbon jamoada har doim biroz ustunlik bor va jamoa muxlislari tomonidan jiddiy tarzda qo'llab-quvvatlanishi imkoniyati yuqori. Bu albatta ularga ruhiy kuch bag'ishlaydi, ammo biz xam bu erga yuqori natijalarni ko'zlab kelganmiz va umid qilamanki guruhdagi barcha uchrashuvlar juda qiziqarli o'tadi. Sababi?! oddiy, chunki bu erdagi hamma jamoalar o'z mamlakatining chempionlari hisoblanishadi.


"Lokomotiv" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика