So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  1 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

AGMK Odil Ahmedov va Xalk to'p tepadigan "SHanxay SIPG"ga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazdi Yangiliklar

AGMK Odil Ahmedov va Xalk to'p tepadigan "SHanxay SIPG"ga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazdi

Teglar :  AGMK
AGMK matbuot xizmatining xabar berishicha, olmaliqliklar Dubaydagi yig'in doirasidagi oxirgi nazorat o'yinida "SHanxay SIPG" bilan bellashdi.

"Jamoamizning Dubaydagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi oxirgi o'yini Xitoy Superligasi vakili "SHanxay SIPG"ga qarshi o'tkazildi.

O'zaro kelishuvga ko'ra, 60 daqiqadan ikkita nazorat bellashuvi o'tkazildi.

Unga ko'ra, jamoalar har ikkala o'yinda ikki xil tarkibni sinovdan o'tkazishdi. Birinchi bahsda jamoamiz 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, ikkinchi o'yinda hisob ochilmadi va durang qayd etildi. Dastlabki o'yindagi birinchi golni raqib jamoa burchak zarbasidan keyin urishga muvaffaq bo'ldi. Oskarning oshirib bergan to'pini Xalk darvozaga yo'llagan bo'lsa, xitoyliklarning ikkinchi goliga YU Xai mualliflik qildi. Uchrashuvning so'nggi daqiqasida esa jamoamizning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumi samara keltirdi. Mirg'iyos Sulaymonovning jarima maydonchasidagi uzatmasidan so'ng to'p raqibga tekkan holda darvoza to'ridan o'rin oldi.

Ikkinchi o'tkazilgan nazorat bellashuvida esa jamoalar darvoza to'riga yo'l topa olishmadi", - deyiladi AGMK matbuot xizmati xabarida.

Nazorat uchrashuvi

10.02.2020

1-o'yin

AGMK — “SHanxay SIPG” 1:2 

Dubay, «Jebel Ali Sport Centre»

Gollar: Avtogol (60) - Xalk (18), YU Xai (34)

AGMK (1-o'yin) — Suhrob Sultonov (Roman Abdulov, 30) - Mirg'iyos Sulaymonov, Dilshod Jo'raev, Bobur Yo'ldoshev, Saydullo Rahmatov - Yovan Jokich, Bahrom Abduraximov, Sanjar Tursunov - SHahzod Nurmatov, Mate Vatsadze, Arslonmirat Amanov. 

Nazorat uchrashuvi

10.02.2020 

2-o'yin

AGMK — “SHanxay SIPG” 0:0 

Dubay, «Jebel Ali Sport Centre»

AGMK (2-o'yin) — Valijon Raximov (Nizomiddin Ziyovutdinov, 30) - Akmal SHorahmedov, Jasur Umarov, Sardor Rahmonov, SHeroz Jalolov - Erkin Baydullaev, Mirjamol Qosimov, Murod Toshmatov - Xojimat Erkinov, Zafar Polvonov, Elguja Grigalashvili.


SHu tariqa AGMKning Dubayda olib borgan ikki haftalik o'quv-mashg'ulot yig'ini yakunlandi va olmaliqliklar ertaga Dubay-Toshkent yo'nalishi bo'yicha yurtimizga qaytib kelishadi.

Eslatib o'tamiz, AGMK BAAdagi yig'in doirasida jami beshta nazorat bellashuvi o'tkazdi va o'yinlarda 2 g'alaba (Turkmaniston, "Cindao Xuanxay"), 1 durang (SHanxay SIPG) hamda 2 mag'lubiyat ("SHandun Lunen", "SHanxay SIPG") qayd etdi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика