So’nggi yangiliklar

13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  0 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  0 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  2 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  3 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  3 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  7 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  7 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  1

AGMK mashhur kompaniya - "Double Pass" bilan hamkorlik qiladi Yangiliklar

AGMK mashhur kompaniya - "Double Pass" bilan hamkorlik qiladi

Teglar :  AGMKDouble Pass
Ayni damda futbol olamida mashhur bo'lgan "Double Pass" kompaniyasi Toshkentda bo'lib, klubimiz faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqmoqda.

"Double Pass" futbol klublari tuzilmasini o'rganib, klub, futbolchilar, jamoada faoliyat olib boradigan turli yo'nalishdagi mutaxassislar va akademiyalarning yanada rivojlanishi uchun yordam berib keladi. Uning mutaxassislari klublarda bo'lib, malum vaqt davomida butun tizimni o'rganib chiqishadi va ish qay darajada professional yo'lga qo'yilgani haqida o'z xulosalarini beradi. SHu tariqa klubimiz o'z faoliyatini yanada yaxshiroq yo'lga qo'yishi va nimalarga etibor berishi zarurligi haqida tushunchaga ega bo'ladi.

"Double Pass" kompaniyasining ikki nafar xodimi 5 kun mobaynida Toshkentda bo'lib, AGMK futbol klubini o'rganishadi. Ushbu kompaniya Germaniya bundesligasi hamda jahonga mashhur klublar bilan hamkorlik qiladi. Ayni damda kompaniya vakillari klubimiz faoliyatini chuqur o'rganish jarayonini davom ettirishmoqda. Har bir bo'lim xodimlari, shtab va futbolchilar bilan muloqot qilishmoqda. Izchil o'rganib, keyinchalik o'z dasturlariga muvofiq xulosalar taqdim etiladi va keyinchalik malum tariflar taklif etilib, klubimiz top darajaga chiqishi uchun kompaniya bevosita o'z yordamini ko'rsatadi.

Hozirda kompaniya asoschisi belgiyalik Van Xoeke va nemis mutaxassisi Mario Ximsl klubimiz faoliyatini o'rganish bilan band. Ayni damga qadar mutaxassislar OKMK sport majmuasida bo'lishdi, asosiy jamoa istiqomat qiladigan Do'rmondagi klub qarorgohi va mashg'ulotlar o'tadigan Qibraydagi asosiy maydonda bo'lishga ulgurishdi. SHuningdek, murabbiylar shtabi, rahbariyat hamda klub tuzilmasi bo'linmalari xodimlari bilan bevosita muloqotda bo'lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Endilikda kompaniya vakillari jamoamiz futbol maktabi va yaqinda qurilishi rejalashtirilayotgan akademiya loyihalari hamda yoshlar jamoamiz bilan tanishishadi.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика