Agent: "Muxlislar Beylning oyog'ini o'pishi kerak"
		
		05 mar 2019 10:25
        Yangiliklar	
	
				
				Agent: "Muxlislar Beylning oyog'ini o'pishi kerak"
"Real" hujumchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett Madrid jamoasi muxlislarining uelslikka bo'lgan etiroziga munosabat bildirdi.
			"U Ispaniyada o'tkazgan 6 yili davomida barcha sovrinni yutdi. Beyl dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Muxlislar uning oyog'ini o'pishlari kerak.
Ispan OAVdagi mish-mishlarga qaramay u klubda baxtli, ispan tilida juda yaxshi gapiradi. U va "Real"ning boshqa futbolchilari o'rtasida muammo yo'q. Bunday narsalarni yozadigan insonlar hech narsani bilishmaydi. Garet "Real"ni tark etishi borasida hech qanday gap bo'lmagan. Beyl hammasidan mamnun, u "Real"da qolmoqchi" - deydi Beylning agenti.
Garet Beyl joriy mavsum LaLiganing 21ta uchrashuvida maydonga tushib, 7ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar