Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga davogarlar elon qilindi
12 iyu 2022 19:43
Yangiliklar
Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga davogarlar elon qilindi
Afrika futbol konfederaciyasi rasmiy saytida yilning eng yaxshi afrikalik futbolchisi nomiga davogarlar keltirib o'tildi.
Davogarlar ro'yxatidan ushbu sovrinning amaldagi g'olibi Sadio Mane ("Bavariya", Senegal), Riyad Marez ("Manchester Siti", Jazoir), Muhammad Saloh ("Liverpul", Misr), Karl Toko-Ekambi ("Lion", Kamerun), Vensan Abubakar ("Al-Nassr", Kamerun), Sebastyan Aller ("Borussiya D", Kot-d'Ivuar), Nabi Keyta ("Liverpul", Gvineya), Ashraf Hakimi (PSJ, Marokash), Eduard Mendi ("CHelsi", Senegal) va Kalidu Kulibali ("Napoli", Senegal) joy oldi.
Yilning eng yaxshi terma jamoasi nomi uchun Burkina-Faso, Kamerun, Misr, Marokash va Senegal kurash olib boradi. G'oliblar konfederaciya texnik qo'mitasi, jurnalistlar, terma jamoalar bosh murabbiylari va sardorlarining ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi.
"CAF Awards 2022" taqdirlash marosimi 21 iyul kuni Marokashning Rabat shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar