So’nggi yangiliklar

13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  0 13:17Флик ёзда "Барселона"ни тарк этмоқчи  1 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  5 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  4 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  8 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  36 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  7 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   35 08:33Роналду ўғлига 300 минг долларлик автомобиль совға қилди   11 08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   6 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  15 03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  2 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  15 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  179

Adolatsizlik... Yangiliklar

Adolatsizlik...

Superliganing ortda qolgan mavsumiga oid tahlillarni berishda davom etamiz.

Tartib-intizom qo'mitasidagi mantiqsizliklarni eslagandan keyin hakamlarga ham to'xtalmasak bo'lmaydi.

Arbitrlarning maydondagi faoliyatini yil davomida kuzatdingiz. Xatolar bor, kamchiliklar etarlicha (hamma sohada bo'lgani kabi). O'FA qoshidagi hakamlar qo'mitasida (Haydarov, Ceytlin, Kovalenko, Dachev, Popovdan iborat) ham. Buni bitta misol bilan tushuntirib beraman.

16 sentyabr. “Qizilqum” Namanganda minimal hisobda engildi. “Konchilar”ning mag'lubiyatiga Abdurashid Xudoyberganovning qo'pol xatosi sabab bo'ldi.


“Navbahor” darvozasiga 100 foizlik penaltini bermagan toshkentlik referi Superliga bahslaridan 4ta turga chetlashtirildi.

9 oktyabr. “Nasaf” 1:1 “So'g'diyona” uchrashuvida belgilangan “11” qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi. 


 Hakamlar qo'mitasi epizodni o'rganib, bosh hakamni O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan har qanday uchrashuvlarni boshqarishdan nomuayyan muddatga chetlatdi

Ikkala vaziyat deyarli bir xil (penalti bilan bog'liq). Agar xato bo'lsa, ikkala holatda ham referi o'yin natijasiga tasir qilgan. Namangandagi penalti “Qizilqum”ning mag'lubiyatiga sabab bo'lsa, Qarshidagisi “Nasaf” ochko yo'qotishini taminladi. Ammo ularga nisbatan qo'llanilgan chora 2 xil. Nega?

Aniq sababini bilmayman. Lekin bunday tengsizliklar kishiga shunday xulosa beradi: rahbariyat barcha jamoalarni teng ko'rmaydi. Aks holda, “Qizilqum”ga “zarar etkazgan” referi bilan “Nasaf”dan ochko tortib olgan hakam bir xil jazolanardi. Zero, Qarshidagi epizod nisbatan ancha murakkab edi...

SHu ergacha ishlatilgan 177ta so'zni qisqacha qilib shunday ifodalash mumkin: HAKAMLAR QO'MITASI TANTASHEVNI “CHOPDI”.

Biroz jiddiyllashadigan bo'lsak, Qarshidagi epizod bo'yicha ko'plab mutaxassislar bilan suhbatlashdik. Ulardan aksari hakamning qarori to'g'ri bo'lganini etirof qildi. Mabodo shunday bo'lsa, Ilgiz Tantashev “emagan somsasi uchun pul to'layapti”.

Masalaning kulminaciyasini aytaman: buxorolik referiga nisbatan INTIZOM KODEKSIDA YO'Q jazo qo'llanilgan. SHunchaki, kimdir uni katta maydonda ko'rishni istamayapti... 

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика