So’nggi yangiliklar

22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  0 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:1 (матнли трансляция)  32 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  12 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

Adel Abdulrahmon: "Al SHabab" ertaga klub va Saudiya Arabistoni shani uchun o'ynaydi" Yangiliklar

Adel Abdulrahmon: "Al SHabab" ertaga klub va Saudiya Arabistoni shani uchun o'ynaydi"

OCHL 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al SHabab" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Adel Abdulrahmon ishtirok etdi.
Unga futbolchi Majid Al Marshadi hamrohlik qildi.

"OCHLda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimiz qolmagan. Biroq klub obro'si uchun o'ynaymiz. Ertaga jamoa Saudiya Arabistoni sharafini himoya qilish uchun ham o'ynaydi. Umid qilamanki, ertaga klublarimiz yaxshiroq o'ynaydi. "Paxtakor" ertaga g'alaba uchun o'ynaydi. Biz bunga yo'l qo'ymasligimiz kerak", - deydi Adel Abdulrahmon.

"Murabbiyning fikriga qo'shilaman. Ertaga klub va Saudiya Arabistoni shani uchun o'ynaymiz. Birinchi bor "Al SHabab" guruhdan chiqa olmadi. Keyingi yil bunday bo'lmasligiga urinamiz", - deydi Al Marshadi.

- Guruhdagi uchala klubga qarshi o'ynadinglar. Qaysi klub kuchliroq, keskinroq o'ynar ekan?

- Guruhdagi barcha klublar teng kuchli. Barcha jamoalar futbol o'ynashni biladi. Alohida ajralib turadigan klubni ko'rmayapman.

- Qaysi jamoaga qarshi o'ynash siz uchun qiyin kechdi?
Al Marshadi:
- Murabbiyning fikriga qo'shilaman. Barcha klublarning kuchi teng. "Al Ayn" birozgina kuchliroq bo'lishi mumkin.

- "Al SHabab" Toshkentga barcha legionerlarini olib keldimi?
- Naif Hazazi, Rafinya, Abdulaziz Bishi, Volid Abdulla kabi asosiy futbolchilar jarohatlar tufayli Toshkentga kela olishmagan. 

- Jamoa oxirgi 7ta o'yinda atiga 2ta g'alabaga erishdi. Bunday kuchli klubga nima bo'ldi?
- Bu yilgi mag'lubiyatlarning asosiy sababi 7dan ortiq asosiy tarkib futbolchilarimizning jarohatlari bo'ldi. Ular faqat klubning emas Saudiya Arabistoni terma jamoasining asosiy futbolchilari hisoblanishadi. SHu bois ham o'yinimizda pasayish kuzatildi.

- Saudiya Arabistonidagi bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi. Ertangi o'yinga qandaydir o'zgarishlar qildingizmi?
- Ertaga "Paxtakor"ga g'alaba kerak. Bizda esa bu borada muammo bo'lmaydi. Raqibda bosim bo'ladi. "Paxtakor"ning yagona ustunligi - o'z muxlislari qarshisida o'ynashi. Biz hujumda tezkor va keskin o'ynashga urinamiz.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика