So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Abubakir Ashurov: "Rubin"da mahorat yuqori ekanligi sezildi, Umarali bilan kechki taomni birga qilishga ham ulgurdik" Yangiliklar

Abubakir Ashurov: "Rubin"da mahorat yuqori ekanligi sezildi, Umarali bilan kechki taomni birga qilishga ham ulgurdik"

Yaypanning "Turon" jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlik doirasida Qozonda "Rubin"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi (0:3).

Yaypanning "Turon" jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlik doirasida Qozonda "Rubin"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi (0:3). 

Mazkur uchrashuvda jamoa safida bir qator futbolchilar norasmiy debyutini o'tkazdi. Himoyachi Abubakir Ashurov ham shular jumlasidandir. "Rubin" bilan bellashuvdan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Umuman olganda "Rubin"ga qarshi uchrashuv qanday o'tdi?

- O'yin ajoyib o'tdi, deya olaman. "Rubin" juda kuchli shu bilan birga noqulay jamoa. Biz asosan raqibni ikkinchi zonada kutdik, to'pga ega chiqib tezkor qarshi hujumlar tashkil qilishga harakat qildik. Hisobga keladigan bo'lsak, etiborsizlik va diqqatni yo'qotish hisobiga gollar o'tkazib yubordik. Bu erda "Rubin" futbolchilarining mahoratini ham aytib o'tish joiz, deb o'ylayman. 

- Umarali bilan gaplashishga vaqtingiz bo'ldimi? Uning "Rubin" haqidagi fikrlari qanday?

- Umarali bilan o'yindan oldin va keyin ham gaplashdik. Kechki taomni birga qilishga va bemalol suhbatlashishga ham ulgurdik. Uni va jamoadoshlarini Superligaga qaytgani bilan tabrikladik. "Rubin" chempionatga qattiq tayyorgarlik ko'rmoqda. Jismoniy holat ustida ishlash va o'rtoqlik uchrashuvlari orqali o'yinni shakllantiryapti. 

- RPL jamoasining saviyasini qanday baholaysiz? Superligadan kim bilan solishtirish mumkin?

 "Rubin" juda yaxshi va tartibli jamoa. Barcha poziciyalarda kuchli futbolchilar yig'ilgan. Yoshlarga ham ishonch bildirishmoqda. Ulardan yanada yorqin o'yin va sermahsul natijalar kutyapman. Ular hozirda ajoyib sport formasida. Bu uchrashuvdan kelib chiqqan holda, "Rubin"ni "Paxtakor" va "Nasaf"ga o'xshatdim. Jamoa to'p nazoratini qo'lga olib ikki qanot orqali kreativ hujumlar uyushtiradi.  

- Hozirda jamoaning kayfiyati qanday? Ikkinchi davraga tayyorgarlik qanday ketyapti?

- Men va menga o'xshagan yangi futbolchilar talaygina. Jamoa ancha yoshartirildi. Mashg'ulotlar ancha quvnoq ruhda o'tmoqda. Har bir mashg'ulot o'tgan sari futbolchilar jamoa sifatida jipslashib boryapti. Xudo xohlasa ikkinchi davrada borimizni berib, o'zimizni ko'rsatishga jamoa uchun harakat qilamiz. 

- Nima deb o'ylaysiz, "Turon"ning mavsum yakunidagi qaysi natijasini qoniqarli, deb hisoblash mumkin?

- Afsuski, jamoa Hozirgi oxirgi o'rinda ketyapti. Biz hozirda shakllanib boryapmiz. Superligada qolishga bor kuchimizni ishga solamiz. Yuqoriroqqa ko'tarilishga intilamiz. Buni xudodan astoydil so'rab qolamiz.

Emil Bekmuxammedov suhbatlashdi

Abdulaziz Iskandarov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика