So’nggi yangiliklar

23:10Италия - Исроил баҳси учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 23:06Бельгия - Франция. Асосий таркибда кимлар бор?  0 23:03Германия - Нидерландия. Таркиблар билан танишинг  0 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  3 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  4 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  10 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   11 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  7 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  18

Abror Xusinov: “Aral Samali"ga qarshi o'yinlar biz uchun derbidek gap” Yangiliklar

Abror Xusinov: “Aral Samali"ga qarshi o'yinlar biz uchun derbidek gap”

Teglar :  Abror XusinovXorazm
Pro-liganing 23-turidan o'rin olgan “Aral-Samali” – “Xorazm” (1:4) uchrashuvidan keyin mehmonlar himoyachisi Abror Xusinovning fikrlariga quloq tutdik.

- Bu o'yin biz uchun derbi hisoblanadi, - deya gap boshladi Xusinov. Turnir jadvalida kim qaysi o'rinda turishidan qatiy nazar, ushbu bellashuvda g'alaba qozonish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Mehmonda o'ynayotgan bo'lsak-da, g'alaba qozonish uchun maydonga chiqdik. Asosiysi, bu o'yinda g'alaba qozondik.

- Sizningcha, jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erisha oldimi?
- Bu mavsum har bir o'yinda g'alaba qozongan holda turnir jadvalida yuqori o'rinlarning birini egallash vazifasi qo'yilgandi. Deylik, o'z vaqtida keragidan ortiq ochkolarni ham boy berdik. Bazida o'z darajamizda o'ynay olmadik.

- “Xorazm”da qolasizmi yoki kelgusi yilda faoliyatingizni boshqa jamoada davom ettirasizmi?
- Hozircha bu haqida o'ylashgan vaqt bor. CHunki oldinda bizni bir nechta o'yinlar kutmoqda. Barchasiga mavsum yakunida javob olish mumkin.

- Bu yilgi Pro-liga o'yinlari sizda qanday taassurot qoldirmoqda?
- Juda yaxshi. Pro-liganing joriy mavsumida ishtirok etayotgan har bir jamoa kuchaygan. Birorta bahs oson kechgani yo'q. Bir ochko olish uchun ham katta qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz. Qisqasi, chempionat saviya oshgan va bu o'yinlarni qiziqarli va murosasiz kechishiga zamin yaratmoqda.

- Sizda qaysi jamoalar yaxshi taassurot qoldirdi?
- Deyarli hamma jamoalar yaxshi taassurot qoldirdi. “Neftchi” haqli ravishda chempionlikka erishdi. CHunki ular mavsumni bir tekis o'tkazdi. SHuningdek, “Olimpik” klubi ham yosh bo'lsa-da, chakki emas.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика