Abidal "Lill"ning Franciya Kubogi doirasidagi "Trua"ga qarshi o'yiniga tashrif buyurdi
09 jan 2023 11:26
Yangiliklar
Abidal "Lill"ning Franciya Kubogi doirasidagi "Trua"ga qarshi o'yiniga tashrif buyurdi
Franciya terma jamoasining sobiq himoyachisi Erik Ebidal Franciya Kubogi 1/32 finalidan o'rin olgan "Lill" – "Trua" (2:0) uchrashuvida faxriy mehmon bo'ldi.
"Lill" o'zining Twitter'dagi rasmiy sahifasida 43 yoshli franciyalikning suratini elon qildi. Unga esdalik sifatida 22-raqamli futbolka sovg'a qilindi.
"Sizni ko'rishdan xursandmiz, Erik", – deyiladi xabarda.
Abidal 2002 yildan 2004 yilgacha "Lill"da o'ynagan va u erdan "Monako"ga o'tgan. Keyinroq "Lion", "Barselona", "Olimpiakos" va "Monako" klublarida to'p tepgan. 2015 yilda faoliyatini yakunlagan.
Futbolchi sifatida nafaqaga chiqqanidan so'ng Abidal televidenieda ishlagan, 2018 yildan 2020 yilgacha "Barselona" sport direktori bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar