Abduvohid Nematov: "Yangi murabbiyning talablarini bajarishga harakat qilyapmiz"
13 okt 22:35
Yangiliklar


Abduvohid Nematov: "Yangi murabbiyning talablarini bajarishga harakat qilyapmiz"
MTJ darvozaboni Abduvohid Nematov Urugvayga qarshi bahsdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun yaxshi raqibga qarshi o'ynadik. Yangi murabbiyning talablarini bajarishga harakat qilyapmiz. Mag'lub bo'ldik, ammo birinchi golda o'yindan tashqari holat bor edi, nazarimda. Ikkinchi golda esa himoyada xatoga yo'l qo'ydik. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin ham o'yinga qayta oldik va gol urdik.
Men avvalgi xatolarimga etibor bermayman. O'tgan o'yinlarni eslab yurishim noto'g'ri. Kelajak haqida o'ylashim kerak.
O'tkir aka Yusupovdan keyin darvozani qo'riqlash qiyin. O'tkir aka tezroq safga qaytishini tilayman. Har bir futbolchi uchun terma jamoada o'ynash sharaf. Qaysi o'yinchi bo'lishidan qatiy nazar vatan jamoasi uchun borini berishi kerak", - dedi Abduvohid Nematov bahs yakunlangach.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
уругвай жахон даражасидаги жамоа улар Аргентина бразилияликлар билан уз китьаларида тенгма тенг уйнашади кимлардир уларни 23 ешда дебди уларда 18- 20 ешда хам узи тугрисида фикр чикаришга харакат килишади улар уругвай учун юракдвн харакат килишади
Бошка томондан канаварага яхши булди нолойикларни куриб олди уларга кулиб туриб хафагарчилик булмасин дейди ва таркибга бошка жалб килмайди