So’nggi yangiliklar

19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  7 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   6 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  2 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  34 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  7 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  11 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  18

Abdusamad Do'rmonov: "Raqibdan ko'p gol urmasang, g'olib bo'lmaysan" Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: "Raqibdan ko'p gol urmasang, g'olib bo'lmaysan"

“Iftixor” - “SHerdor” (1:1) jamoalari uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov Championat.asia saytiga intervyu berdi.

- Assalomu alaykum, Abdusamad aka! Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz...- Bugun qiziqarli va bellashuvlarga boy uchrashuv bo'ldi. Bizda ko'plab golga tortadigan vaziyatlar yuzaga keldi, afsus foydalana olmadik. Bazi vaziyatlarda to'p darvoza ustuni, to'siniga tekkan vaziyatlar ham bo'ldi. Futbolga omad ham muhim ahamiyatga ega. Bizning jamoamizda menimcha aniqlik etishmayapti. Raqibdan ko'proq  gol urmasang, g'olib bo'lmaysan. Bu futboldagi aniq va isbot talab qilinmaydigan qoida. Futbolchilarimiz chin dildan harakat qilishmoqda, buning natijasida vaziyatlar yaratilmoqda, lekin yuqorida aytganimdek yakuniy pallada xatolikka yo'l qo'ymoqdamiz.                  

- “Iftixor” jamasini birinchi davrada ko'rsatgan o'yini haqida nimalalar deya olasiz? Bilamizki, “Iftixor” jamoasi PRO-liga debyutanti hisoblanadi...
- Biz yangi jamoamiz, o'yindan o'yinga kuchayib borishimiz kerak, futbolda tajriba muhim sanaladi. Jamoamiz tarkibida ko'pchilik fubolchilar yosh, shu bois bir oz jamoaviy o'yinni tashkil etishda bizda muammolar bor. Biz bu borada ishlayapmiz, izlanyapmiz. Kim tezda zo'r jamoa tuzish mumkin desa, murabbiy sifatida aytaman, u adashadi. Yaxshi jamoa shakllantirish uchun bir oz vaqt kerak albatta.  Biz kelajakda har tomonlama bugungi kun talablariga javob bera oladigan jamoa tuzish bo'yicha ish olib bormoqdamiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика