So’nggi yangiliklar

07:40Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб ўйин бор  0 06:00Суперлига. Тошкентдаги чангли ўйинда дуранг қайд этилди. "Қўқон-1912" ўз майдонида, "Андижон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  1 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  1 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  2 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  7 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  6 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  83 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  86 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  4 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  9 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Насаф"га мағлуб бўлди   28 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3

Abdusalom Azizov OFK prezidenti bilan uchrashdi Yangiliklar

Abdusalom Azizov OFK prezidenti bilan uchrashdi

O'zbekistonda futbolni rivojlantirish yo'lida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Osiyo futbol konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al Halifa boshchiligidagi OFK delegaciyasi mamlakatimizda bo'lib turibdi.

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasida O'FA prezidenti Abdusalom Azizov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, O'FA vice-prezidenti Azizbek Ikromov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va OFK delegaciyasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda OFK hamda O'FA o'rtasidagi o'zaro ishonchga asoslangan keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

O'FA prezidenti Abdusalom Azizov, avvalo, SHayx Salmon bin Ibrohim al Xalifaning Osiyo futbol konfederaciyasi rahbarligiga saylangani bilan samimiy qutladi va so'nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashganini takidladi.  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining futbolni rivojlantirishga qaratilgan Qarori yurtimizda ushbu sport turini yanada ommalashtirishga ulkan turtki bo'lishi qayd etildi. Toshkent viloyatida qad rostlayotgan O'zbekiston Terma jamoalari markazi qurilishi davom etayotgani, Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida barcha yo'nalish bo'yicha muntazam o'quv jarayoni yo'lga qo'yilgani, bolalar akademiyalari faoliyatini yuqori bosqichga olib chiqish bo'yicha ishlar olib borilayotganligi takidlandi. 

“OFK bilan hamkorligimiz yangi bosqichga chiqayotganidan mamnunmiz. Biz OFK ko'magida qitaning nufuzli turnirlari U-23 va U-20 Osiyo Kubogi musobaqalarini muvaffaqiyatli qabul qildik. Ushbu turnirlar o'zbekistonlik millionlab futbol muxlislari uchun xaqiqiy bayramga aylandi, yoshlarning qiziqishini yanada oshirdi, stadionlarni to'ldirdi. Mutaxassislarimiz xalqaro tajribaga ega bo'ldi. Hududlardagi futbol infratuzilmasi sezilarli darahada yaxshilandi. SHuningdek, bugunga kelib 7 nafar vakilimiz OFK muntazam qo'mitalariga tayinlangani biz uchun katta ahamiyat kasb etadi. Kelajakda ham qita miqyosidagi har qanday musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etishda bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Bu yil oktyabr oyida o'tkaziladigan bosh kotiblar ishtirokidagi OFK kongressini ham qabul qilishdan mamnunmiz. SHuningdek, biz nafaqat professional, balki ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida Respublika musobaqalari va festivallarini tashkil etyapmiz. Ishonamizki, ommaviy futbol odamlarni birlashtiradi va yangidan yangi iqtidorli yoshlarni kashf qilishga xizmat qiladi.”, — dedi O'FA prezidenti. 

O'z navbatida, SHayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa ushbu ishlarni yuqori baholab, O'zbekiston OFK uchun mintaqadagi eng yaqin hamkor ekanligini etirof etdi. 

“O'zbekistonni mintaqada salohiyati va imkoniyatlari yuqori bo'lgan ishonchli hamkor sifatida bilamiz. Davlat rahbarining qo'llab-quvvatlashi natijasida yurtingizda futbol o'sib borayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Ayniqsa, sizning boshchiligingizda U-20 Osiyo Kubogi musobaqasi yuqori saviyada o'tkazildi. Davlat rahbari final uchrashuviga tashrif buyurgani yurtingizda ushbu sport turiga bo'lgan yuqori etiborni ko'rsatib turibdi. Hayotga tatbiq etayotgan rejalaringiz o'z samarisini berayotganini yoshlaringiz chempion bo'lganidan ham bilib olish mumkin. Siz tomoningizdan berilgan barcha takliflarni ko'rib chiqishga tayyormiz”, — dedi OFK rahbari. 

Uchrashuv davomida kelgusi yillarda bir nechta Osiyo musobaqalari va tadbirlarini O'zbekistonda o'tkazish taklifi ilgari surildi. OFK bosh kotiblari Kongressida qitamiz va FIFAning yuqori lavozim egalari hamda associaciyalar rahbarlari ishtirok etib, O'zbekiston bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishi haqida so'z bordi. 

Samimiy va konstruktiv ruhda o'tgan uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni keng qamrovda davom ettirishga kelishib olishdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика