So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  18 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  4 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Abdurashid Ismoilov: “Ikkinchi bo'limda o'yinimizda ijobiy tomonga o'zgarish yuz berdi” Yangiliklar

Abdurashid Ismoilov: “Ikkinchi bo'limda o'yinimizda ijobiy tomonga o'zgarish yuz berdi”

Kecha birinchi liga o'yinlariga start berildi. Andijonning “UzDongJu” klubi o'z maydonida “Mashal-2” ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan so'ng mezbonlar ustozi Abdurashid Ismoilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.  

- Uchrashuv haqida nima deyish mumkin? CHempionat o'yini bo'lgani sababli qandedir hayajon sezildi. Birinchi bo'limda yigitlar pas o'ynashda xatolarga yo'l qo'ydi. Hisobni ochib olganimizdan so'ng futbolchilarim ruhiy tomondan o'zlarini tiklab olib, hujumkor o'yin ko'rsata boshladi. 

- Tanaffus paytida shogirdlarim bilan o'zaro suhbatlashib, kerakli ko'rsatmalarni berdik. SHu bois ikkinchi bo'limda ijobiy tomonga o'zgarish kuzatildi. Umuman olganda o'yindan ko'nglim to'ldi. Ikki kundan so'ng “Nasaf-2” bilan o'ynaymiz. Bo'lajak bahsda ham muxlislarni ishonchini qozonishga xarakat qilamiz. Umid qilamanki o'yindan-o'yinga yigitlarda o'sish bo'ladi va yaxshi natijalarga erishishga urinamiz. 

- Bugungi uchrashuvni Zokirjon Nurmatov, Jahongir Dadaboev, Islom Karimov kabi o'yinchilar o'tkazib yubordi. Dadaboev “Lokomotiv” bilan Kubok bahsida jaroxat olib, safdan chiqqandi. Karimov esa betob bo'lib qoldi. Ushbu sabablarga ko'ra bu futbolchilar bugungi o'yinda jamoaga yordam bera olmadi. 

- Nasib qilsa keyingi o'yindan Akmal Jo'raboev va Islom Karimov jamoaga yordam bera boshlaydi - deydi Abdurashid Muxtarovich.


Islombek Rustambekov.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика