So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

Abdurahmon Yumangulov va Ixtiyor Karimov "SHo'rtan"da ish boshlashdi Yangiliklar

Abdurahmon Yumangulov va Ixtiyor Karimov "SHo'rtan"da ish boshlashdi

Futbol bo'yicha O'zbekiston Birinchiligi PRO-Liga “A”guruhida ishtirok etib kelayotgan G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi boshqaruvida yuz bergan o'zgarishlar to'g'risida yaqinda xabar berilgan edi.

Jumladan, klub bosh menejerligiga SH.Yarulin tayinlangan bo'lsa, “Oq bo'rilar” bosh murabbiyligini A.Aliqulov qo'lga oldi. SHamil Yarulin ayollar futbolida mamlakatimizning nomdor klublaridan biri “Sevinch” (Qarshi) hamda “Nasaf” jamoalari boshqaruvida samarali mehnat qilib tanilgan bo'lsa, Asror Aliqulovga ham ortiqcha tarif berishning hojati yo'q. Birgina o'tgan mavsumda “Mashal” jamoasi uning boshqaruvida yana Superligaga yo'l olgani ko'p narsadan dalolat berib turibdi.

Mavzuni davom ettirgan holda shuni takidlash joizki, Prezidentimizning millionlar o'yinini yanada rivojlantirish to'g'risidagi qarorlari asosida G'uzorda ham bolalar futbol Akademiyasi o'z faoliyatini boshladi. Ushbu futbol maskaniga tajribali mutaxassislarni ishga taklif etish borasida ham jiddiy harakatlar amalga oshirilmoqda. O'z davrining taniqli futbolchilari, keyinchalik shu sohada murabbiy va mutaxassis bo'lib ish olib borgan Abdurahmon Yumangulov direktor, Ixtier Karimov esa uning yordamchisi vazifasiga tayinlanishdi.

A.Yumangulov mustaqillik davrining dastlabki yillarida “Mashal” (Muborak) safida Qashqadaryo futbolini mamlakatimiz Oliy ligasiga ko'tarilishida katta hissa qo'shganligi bilan muxlislar etiboriga tushgan.


I.Karimov G'uzor futbolining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “SHo'rtan” tarkibida, avval futbolchi keyin esa murabbiy, bosh murabbiy lavozimlarida munosib faoliyat ko'rsatgan. Nafaqat g'uzorlik, balki qashqadaryolik va qolaversa, Respublikamizning ko'p ming sonli muxlislari yaxshi bilishadiki, 2017 yilgi futbol mavsumining birinchi davrasida Ixtier Karimov bosh murabbiyligidagi “Oq bo'rilar” ketma-ket poytaxtning to'rtta - “Lokomotiv” (2:0), “Paxtakor” (3:0), “Bunyodkor” (1:0) va “Obod” (2:0) kabi jamoalarini mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan.

O'z navbatida biz har ikki mutaxassisga masuliyatli vazifalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishlarini tilab qolamiz.


“SHo'rtan” matbuot xizmati bo'limi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика